Gimnastika afsonasi Oksana Chusovitina oʻz maktabini roʻyxatdan oʻtkazdi

Saqlash
22:10 / 27.10.2021 1066 0

Oʻzbekistonlik sport gimnastikasining tirik afsonasi, Olimpiya oʻyinlarida qatnashish boʻyicha jahon rekordchisi Oksana Chusovitina Yashnobod tumani Davlat xizmatlari markazida sport taʼlimi faoliyati bilan shugʻullanish uchun “Chusa sport team” masʼuliyati cheklangan jamiyatini roʻyxatdan oʻtkazdi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi xabar berdi.

 

«Mashhur sportchi koʻrsatilgan davlat xizmati sifati hamda bir joyda koʻplab xizmatlardan foydalanish imkoni yaratilganidan mamnun ekanligini bildirdi.

 

Umid qilamizki, ushbu maktabdan yangi Oksana Chusovitinalar yetishib chiqadi», deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish