“Z” (zed) avlod tarbiyasidagi muammolar – bolam deb tun-u kun ishlab, bolangizni boy bermang!


Saqlash
10:11 / 15.11.2021 1761 2

 Deraza – oynadan yasaladi. Koʻzgu ham. Farqi shuki, koʻzgu oʻzingni oʻzingga koʻrsatadi.

Deraza esa hammasini koʻrib turadi-yu, oʻzini koʻrmaganga soladi... Koʻzguga koʻproq qara!

                                      Oʻtkir Hoshimov

 

2001-yil 1-yanvar, mana shu kundan XXI asrga qadam qo‘ydik. Shu kundan e’tiboran (ba’zi manbalarda 2003–2024-yillar oralig‘ida, ayrim tadqiqotlarga ko‘ra esa 1995-yildan keyin) dunyoga kelganlar “Z” (zed) avlod deya ataladi. Xo‘sh, buning sababi nima?

Asosiy sabab: “Og‘ir mehnat va moddiy yetishmovchilikda o‘sib-ulg‘aygan ota-onalarning farzandi ekinliklaridir!”. Bu avlod vakillari qadriyatlarining shakllanishi qattiq siyosiy kurashlar ostida qolgan, hududlarni qayta bo‘lib olish mashmashalari avj olgan, dunyoning axborot urushi tomonidan mahv etilgan davriga to‘g‘ri kelmoqda.

Mutaxassislar bu avlod vakillarining mamlakatlar iqtisodiyotini yanada ko‘tarishlari va umuman kutilmagan, olamshumul o‘zgarish qilishlariga ishonishmoqda. Chunki indigo bolalar, g‘ayrioddiy iqtidorli, o‘ziga xos falsafiy dunyoqarashga ega, ijodkor va “qo‘lida gadjet bilan tug‘ilganlar” aynan Z avlodga mansub.

Axborot oqimining kuchayishi va uni olishdagi imkoniyatlarning kengayishi natijasida Z avlod vakillari biror kasbni egallash yoki biror ishni boshlashdan oldin “Bu o‘zidan avvalgi davrda qanday bo‘lgan va hozirgi vaqtda qanday samara beryapti”, degan savolni o‘rtaga qo‘yib, taqqoslaydi, deydi Yoshlarga ijtimoiy psixologik xizmat ko‘rsatish markazi psixologi Gulbahor Yusupova. Ana undan keyin xulosa chiqaradi.

Bolaligida qiyinchilik ko‘p ko‘rgan bugungi kunning oila boshliqlari moddiy boylik orttirishga zo‘r g‘ayrat bilan kirishib ketganki, go‘yo pul to‘plovchi va tarqatuvchi qurilmaga aylanib qolishgan.

Keling, ota-onalarning o‘zlari katta bo‘lgan va hozir farzandlari ulg‘ayayotgan oila muhitini solishtirib ko‘ramiz! Ilgari maktabga otlanayotgan farzandga Darsing qachon tugaydi? Darsliklaringni oldingmi? Choyingni ichdingmi? deyishgan bo‘lsa, bugun esa Pulingni olish esingdan chiqmadimi? Berilgan pulni ko‘zingga qarab sarfla!” kabi xitoblar bilan kuzatishadi.

Kun yakunida ishdan qaytgan otaning diqqati televizordagi futbol o‘yinida, ona esa bir qo‘lida kapkir, bir qo‘lida telefon, dugonasi bilan onlayn suhbatda... Kechki dasturxon atrofida oila a’zolarining suhbati kun davomida kim qancha foyda ko‘rgani, xarajat qilgani, nima qilishsa kam kuch ketkazib, ko‘p pul topish mumkinligi va “oilasi uchun ishlash kerak bo‘lgan vaqtda ishlab, uy-joy qilish” kerakligi haqida bo‘ladi.

Bugun uydan maktabga deb chiqib ketayotgan bolalarning aksariyati internet kafelar-u ko‘ngilochar joylarda balog‘at yoshidagi o‘zgarishlar va depressiyalarni yengish uchun psixotrop moddalar xarid qiladi. Ba’zilar bunaqa dorilarni ichish orqali imtihonga yaxshi tayyorgarlik ko‘rish, asablarni tinchlantirish, diqqatni jamlash va ruhiy yengillik his qilish mumkin, degan safsatalarga ishonib, oqibatda sog‘lig‘ini jiddiy xavfga qo‘yadilar.

Arzimasdek ko‘ringan psixotrop vositalar yoshlarni yo‘ldan adashtiradigan, sog‘lom hayot tarzidan uzoqlashtiradigan omilga aylanib boryapti. Ularda giyohvand moddalardagi kabi o‘ziga o‘rgatib qo‘yish xususiyati bor. Bu esa hayotimizda giyohvandlikning yangicha ko‘rinishini paydo qilmoqda. Joriy yilda respublikamizda psixotrop moddalar ta’sirida bo‘lgan yoshlar ishtirokida 1 mln 740 mingga yaqin huquqbuzarlik, 23 ming 440 ta jinoyat sodir etilgani barchamizni ogohlikka chorlaydi.

Qadrli ota-onalar! Endi bir o‘ylab ko‘ring-a, siz kecha-yu kunduz kim uchun ter to‘kyapsiz?  “Kelajagingiz egalari” qandaydir dorilarga yoshligini qurbon qilib qo‘yishi mumkinligi Sizni tashvishga solmaydimi? Yaxshi niyatda olib bergan qimmatbaho smartfoningiz ichidagi o‘yinlar, foto va videolardan xabardormisiz? Telefonidagi kolleksiya farzandingizning yoshiga mosmi, ruhiy holatini buzib qo‘ymaydimi? Bir parcha temir matoh uchun ukasi yo singlisiga qo‘l ko‘tarishdan toymaydigan toshbag‘irga aylanib qolganini sezyapsizmi?..

Davronbek MELIQO‘ZIYEV,

Toshken shahri Shayxontohur tumani xalq ta’limi bo‘limi ma’naviy-axloqiy tarbiyalash va bolalarni ijtimoiy himoyalash sho‘basi mudiri

2 Izohlar

Farida

18:11 / 19.11.2023

Hozirgi ota-onalarni muammosi pul faqat bowqa narsa bilan iwi yoq hatto farzandiga vaqt ajratmaydi.Maktabdan kelganida Yaxwi keldingmi? deyiw qiyin shunchaki uyga kech kelsa nega kech kelding ertachiroq kelib qolsa eshikdan kirganida nega nega erta kelding darsdan qochdingmi deydi lekn bir og`iz yaxshi keldingmi deyishmaydi.Yana hammasiga bolani o`zini yoki telfonini ayblab qoyiwadi wu yo`l bilan o`zlarini aldawadi Shu telfonni kim olib bergan aa? Bolalar ham axmoq emas ular fikrlay oladi ota-onasidan bir og`iz shirin so`z eshitmaga bola atrofdan mehr qidira boshlay.Balki bolalarni ham aybi bordir kekn ularni bunday bolib qolishlariga kim aybdor axir.

Aziza

06:01 / 01.01.1970

Muammolarni Bartaraf etish kerak. Sog'lom kelajak uchun kurashish kerak.

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Adabiyot

18:04 / 05.04.2024 0 19452
Yaponiya sotuvga qo‘yiladi

San’at

11:08 / 28.08.2021 8 16793
Dunyoning eng mashhur va qadimiy besh muzeyi