Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Temur Poʻlatov “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi


Saqlash
03:08 / 30.08.2023 830 0

Oyina.uz portali oʻzbekning 100 ziyolisidan “HAR BIR INSON HAYOTI DAVOMIDA OʻQISHI SHART BOʻLGAN 10 KITOB” tavsiyasini berishda davom etadi.

Loyihaning 34-kuni Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Temur Poʻlatov “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi:

 

1.Mixail Bulgakov, “Usta va Margarita” romani

2. F.Dostoyevseiy, “Aka-uka Karamazovlar” asari

3. Abdulla Qodiriy, “Oʻtkan kunlar” romani

4. Akutagava Ryuneskuning hikoya va qissalari

5. Sadriddin Ayniy, “Xotiralar” asari

6. Jeyms Joys, “Musavvirning yoshlikdagi shamoyili” asari

7. Alber Kamyu, “Vabo” romani

8. Knut Hamsun, “Ochlik” asari

9. Frans Kafka, “Qalʼa” romani

10. Remark, “Uch ogʻayni” romani.

 


Yozuvchi Temur Poʻlatov 1939-yilda Buxoroda tugʻilgan. Uning dastlabki qissasi “Ne xodi po obochine” 1964-yilda “Zvezda Vostoka” jurnalida chop etiladi. Shundan soʻng u yaratgan qissa va romanlar Toshkentda, Moskvada rus va oʻzbek tillarida nashr etila boradi.

Adibning “Boʻlak manzilgohlar”, “Bolalar xori”, “Dushan qaysarning koʻrgan-kechirganlari” 70-80-yillar adabiyotida sarguzasht janri taraqqiyotiga hissa boʻlib qoʻshildi. Shuningdek, uning “Buxoro xonadonining kechmishlari”, “Mulk”, “Kunda-shunda”, “Gʻoyibning ikkinchi safari”, “Yetti huzur-halovat va qirq qaygʻu alam”, “Gʻoyibning qaytishi”, “Taroziy toshbaqasi” kabi oʻnlab yirik epik polotnolari kitobxon tomonidan iliq qarshi olingan.

Temur Poʻlatov 1986-yilda oʻzining “Mulk”, “Gʻoyibning ikkinchi safari”, “Kunda-shunda” qissalari va “Buxoro xonadonining kechmishlari” romani uchun Hamza nomidagi Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan. Adib Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1989-yil) unvoni bilan taqdirlangan.

 

Oyina.uz'ni Telegramda kuzating

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Adabiyot

18:04 / 05.04.2024 0 19453
Yaponiya sotuvga qo‘yiladi

San’at

11:08 / 28.08.2021 8 16796
Dunyoning eng mashhur va qadimiy besh muzeyi