Afgʻonistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida ShHT Samarqand sammitining roli


Saqlash
12:09 / 14.09.2022 904 0

 

Afgʻoniston Markaziy Osiyo mintaqasining bir qismi hisoblanadi. Oʻzbekiston va Afgʻoniston xalqlari asrlar davomida yagona madaniy sivilizatsion makonda yashab kelgan. Bugungi kunda Oʻzbekiston bilan Afgʻoniston oʻrtasida siyosiy, savdo iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalar rivojlanib bormoqda. Afgʻoniston xavfsizligini mamlakatimiz xavfsizligi va butun mintaqaning barqarorligi va farovonligi kafolati, deb qabul qilmoqdamiz. Davlatimiz tashqi siyosatining zamonaviy ustuvor yoʻnalishlari haqida gapirganda, Oʻzbekistonning yetakchi xorijiy davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan strategik aloqalari rivojlanib borayotganiga alohida eʼtibor qaratish lozim.

 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti: oʻzaro bogʻliqlikdagi dunyoda muloqot va hamkorlik” nomli maqolasida taʼkidlanganidek: «Shunga ishonchim komilki, bugun SHHT doirasida shakllangan mana shunday ijobiy va muvaffaqiyatli tajribadan Afgʻonistonni rivojlantirish masalasida ham foydalanish oʻta muhim va dolzarbdir. Shak-shubhasiz, Afgʻoniston SHHT makonining ajralmas qismi sanaladi.

 

Bugun afgʻon xalqi qoʻshni va xayrixoh davlatlar koʻmagiga har qachongidan ham muhtoj. Afgʻonistonga birgalikda yordam qoʻlini choʻzishimiz, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga, mintaqaviy va global taraqqiyot jarayonlariga integratsiyalashuviga koʻmaklashishimiz va shu orqali ushbu davlatning koʻp yillik inqirozdan chiqishi uchun qulay sharoit yaratib berish bizning maʼnaviy burchimizdir.» Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan ushbu takliflar asrlar davomida qurolli ixtiloflar markaziga aylanib qolgan qoʻshni Afgʻonistonda tinchlik va osoyishtalik oʻrnatilishida Shanxay Hamkorlik Tashkilotining navbatdagi Samarqand shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan Sammiti muhim ahamiyat kasb etadi.

Xudoynazar KUCHKAROV,

Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar

instituti kichik ilmiy xodimi

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Adabiyot

18:04 / 05.04.2024 0 19458
Yaponiya sotuvga qo‘yiladi

San’at

11:08 / 28.08.2021 8 16823
Dunyoning eng mashhur va qadimiy besh muzeyi