Global hamjihatlik – barqaror taraqqiyot garovi


Saqlash
12:09 / 14.09.2022 1690 0

 

Hozirgi zamonda global miqyosda shiddatli oʻzgarishlar yuz bermoqda, xalqaro maydonda kuchlarning yangi nisbati shakllanmoqda. Shu bilan birga, xalqaro maydonda yangi tahlikalar paydo boʻlmoqda va bu holat dunyo davlatlarini yuzaga kelayotgan muammolarga munosib yechim topish, siyosiy va iqtisodiy strategiyalarni yangilashga majbur qilmoqda. Ushbu jarayonlar Markaziy Osiyo mintaqasi, jumladan, SHHTga aʼzo davlatlarga ham daxl qilmay qolmaydi.

 

Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti: oʻzaro bogʻliqlikdagi dunyoda muloqot va hamkorlik” nomli maqolasida taʼkidlanganidek “Bugun biz yashayotgan, jarayonlar oʻzaro chambarchas bogʻlangan dunyoda xavfli muammolar girdobidan chiqishning yakkayu yagona yoʻli – konstruktiv muloqot va har bir tarafning manfaatlarini hisobga olish va hurmat qilishga asoslangan koʻp tomonlama hamkorlikdir. Aynan inqiroz va boʻhronlar davrida mamlakatlar, ular xoh katta, oʻrta yoki kichik boʻlsin, oʻzlarining tor doiradagi manfaatlarini ustun qoʻymasdan, aksincha, asosiy eʼtiborni global hamjihatlikka qaratishlari lozim.

 

Tinchlik, xavfsizlik va barqaror taraqqiyotga xavf tugʻdirayotgan, har qaysi mamlakatga raxna soladigan tahdid va xatarlarga qarshi umumiy saʼy-harakat va imkoniyatlarni birlashtirish va safarbar etish barchamiz uchun birdek manfaatlidir”. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan ushbu takliflar xalqaro maydonda barcha muammoli masalalarni yakdillik, oʻzaro hurmat va hamjihatlik asosida hal yetish, dunyoning yetakchi davlatlari va boshqa mamlakatlari bilan muvozanatli va oʻzaro manfaatli aloqalar yuritish jahonda yuz berayotgan iqtisodiy, siyosiy muammolarning yagona yechimi hisoblanadi.

Xudoynazar KUCHKAROV,

Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar

instituti kichik ilmiy xodimi

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Adabiyot

18:04 / 05.04.2024 0 19458
Yaponiya sotuvga qo‘yiladi

San’at

11:08 / 28.08.2021 8 16840
Dunyoning eng mashhur va qadimiy besh muzeyi