Oʻzbekistonning tashqi siyosati


Saqlash
12:09 / 14.09.2022 2022 0

Oʻzbekiston davlati oʻtgan davr mobaynida izchil va ochiq tashqi siyosiy faoliyatni olib bordi. Bu yoʻlda jahon hamjamiyati bilan chuqur hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyildi. Ayniqsa mintaqaviy hamkorlik keyingi yillarda jadal suratlar bilan rivojlanmoqda.

 

Bu oʻrinda davlatimiz rahbarining davlatlararo munosabatlarni mustahkamlashdagi faoliyati tahsinga sazovor. Xususan, Birlashgan millatlar tashkiloti sammitidagi maʼruza va jahon hamjamiyatiga berilgan takliflar, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar delegatsiyalari bilan muhim uchrashuvlar, mamlakatimizda tashkil etilgan anjumandagi ishtiroklarining hammasi tashqi siyosatga qaratilgan faoliyatdir.

 

Oʻzbekiston tashqi siyosiy faoliyatda qatʼiy pozitsiyaga ega. Ushbu faoliyatdagi asosiy vazifalaridan biri, bu - oʻz hududi atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil koʻshnichilik muhitini shakllantirishdan iborat. Bu yoʻlda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan saʼy-harakatlarni yaqin qoʻshni davlatlari bilan doʻstona, va oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, uni rivojlantirish va mustahkamlashni asosiy ustuvor tashqi siyosiy yoʻnalish sifatida belgilab berilganida koʻrish mumkin.

 

Oʻzbekistonning tashqi siyosatida Shanxay hamkorlik tashkilotining alohida oʻrni bor. Aynan 2022-yilda Oʻzbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotining raisligida olib borilayotgan faoliyati uning butun 21 yillik faoliyatining asosiy oʻzagi boʻla olishidan dalolat beradi. Xususan, bu yilgi sammitga koʻplab davlatlarning yuqori baho berayotgani, unga qiziqish bildirayotgani, uning nufuzi ortayotgani, dunyoning koʻplab koʻzga koʻringan davlatlarining Shanxay hamkorlik tashkilotining aʼzoligiga kirishga intilayotgani bu tashkilotning dunyo hamjamiyatidagi oʻrni va nufuzi ortib borayotganidan dalolatdir.

 

Binobarin, Oʻzbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligi nafaqat xalqaro munosabatlarda muloqotni yoʻlga qoʻyishga, balki yangi imkoniyatlarni yaratish, iqtisodiy sohani yanada barqarorlashtirish, innovatsion taraqqiyotni amalga oshirishda oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, yangi bozorlarni tashkil qilish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish uchun ustivor vazifalarni belgilab olish imkoniyatini beradi.

Shavkat TO'RAYEV

Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar instituti

Milliy gʻoya va maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni

metodik taʼminlash boʻlimi boshligʻi f.f.n., dotsent

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Adabiyot

18:04 / 05.04.2024 0 19458
Yaponiya sotuvga qo‘yiladi

San’at

11:08 / 28.08.2021 8 16823
Dunyoning eng mashhur va qadimiy besh muzeyi