Xalqaro hamkorlik va hamjihatlik – tinchlik garovi


Saqlash
11:09 / 14.09.2022 756 0

Jahon miqyosidagi bunday umumiy taraqqiyot: odamlar dunyoqarashining oʻzgarishi, kommunikatsiyalar yuksalishi, xalqaro munosabatlarning rivojlanishi va uning inson hayotiga taʼsirini, davlatlar va xalqlar oʻrtasida birlashishga intilishni kuchaytiradi, ayni vaqtda milliy xususiyatlar, anʼanalar va maʼnaviy merosni saqlab qolish orqali mustaqil siyosiy tamoyillarni ishlab chiqish zarurligini ham koʻrsatadi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti: oʻzaro bogʻliqlikdagi dunyoda muloqot va hamkorlik” sarlavhali maqolasida mana shu masalalar ham oʻrin olgan. Bugungi ahvol xalqaro tashkilotlardan eng yirik muammolarga ahamiyat berishni, jarayonlar ichiga kirib borishini, taʼsir doirasini kengaytirishni talab etmoqda. Biroq, chuqurroq fikr yuritilganda, “globalizatsiya” jahon taraqqiyotiga koʻrsatadigan ijobiy taʼsir bilan bir qatorda chuqur tafovutlarni ham oʻz ichiga oladiki, bu tafovutlar eʼtiborga olinmasa, ular jahon taraqqiyotiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Samarqandda tashkil etilayotgan SHHT yigʻilishida shunday muammolar muhokama etiladi. Yurtboshimiz maqolada “Samarali xalqaro hamkorlik — bu dunyoda barqaror, ishonchli va farovon taraqqiyotning eng muhim omilidir.

 

Aynan shunday yondashuv zamonamizning dolzarb muammolarini bahamjihat hal etish, yangi xavf-xatar va ijtimoiy larzalardan himoyalanish uchun eng aniq, maqbul va samarali yoʻl hisoblanadi” deya, taʼkidlagan. Haqiqatdan ham davlatlarning bir boʻlib yuzaga kelayotgan muammolarni bartarf etishda kelishuvlari koʻp narsani hal etadi. Hamkorlik va hamjihatlikda baraka bor deyilgani ham shundan emasmi. Eng muhimi davlatlarning tinch-totuv boʻlishi, xalqining yaxshi yashashi uchun sharoit yaratishi ham inson qadrini taʼminlashdir.

Ilxom Suvonov,

Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar

instituti direktori oʻrinbosari, f.f.d (PhD)

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Adabiyot

18:04 / 05.04.2024 0 19458
Yaponiya sotuvga qo‘yiladi

San’at

11:08 / 28.08.2021 8 16823
Dunyoning eng mashhur va qadimiy besh muzeyi