Bilasizmi?
Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyining numizmatika fondi xazinalaridan biri Temuriylar davriga oid 3000 ta mis tangadir, u Andijondagi Bobosa’din mozoridan topilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Arxeologiya instituti ilmiy xodimi B. Abdulg‘oziyevaning o‘rganishlari davomida ular orasida O‘zbekistonning turli hududlari – Buxoro, Qarshi, Samarqand, Termiz, Shahrisabz, Shohruxiya, shuningdek, Andijonda ham chiqarilgan tangalar borligi ma’lum bo‘ldi. Bu esa Andijonning o‘z zarbxonasi bo‘lgani haqidagi taxminni tasdiqlaydi.
Bu davrning mis tangalari o‘lchami va og‘irligi, demak, qiymati bo‘yicha ham har xil bo‘lgan. Pul aylanmasining tezligini esa tangalarning eskirgani, ba’zan butunlay o‘chib ketgan yozuvlariga qarab baholay olamiz.
XV asrda bir mis dinor oltita mayda mis tangaga teng hisoblangan, 20 ta mis dinorni esa bitta kumush tangaga almashtirishgan. O‘sha davrdagi ayrim savdo-sotiq hujjatlarida mayda tanga – “bir pul” deb eslatib o‘tilgan. Xalqda haligacha “Bu odamning va’dasi bir pulga qimmat” yoki “Rejalanmagan ish sariq chaqaga arzimaydi” kabi iboralar uchrab turadi.
Bilasizmi?
Bilasizmi?
Bilasizmi?
Bilasizmi?
Bilasizmi?
Bilasizmi?
Qatra
Hikmat
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
//
Izoh yo‘q