Termiz yaqinidan topilgan 2 ming yillik “samoviy musiqachilar” kimlar edi?


Saqlash
12:10 / 08.10.2026 0 323

O‘zbekiston hududidan topilgan dunyoga mashhur qadimiy san’at namunalari orasida Ayritom frizi nomini olgan arxeologiya topilmasi alohida ahamiyat kasb etadi.

 

Unda beshta musiqachining tasviri (ko‘pchilik olimlar nog‘orachini yosh yigit deb hisoblashadi) tushirilgan bo‘lib, ularning yasalgan davri haqida turlicha fikrlar bildirilgan. Ko‘pgina tadqiqotchilar uni eramizning I–II asrlariga mansub, deb hisoblaydi.

 

Qayd etilishicha, friz o‘zbekistonlik arxeolog M.E. Masson tomonidan 1932–1933-yillarda topilgan. Marmarsimon ohak qorishmasidan yasalgan bu friz bir paytlar Termiz yaqinida, Amudaryo qirg‘og‘idagi Ayritom shaharchasida (Surxondaryo viloyati) budda ibodatxonasini bezab turgan. 

 

S.P. Tolstov, G.A. Pugachenkova va boshqa olimlarning fikricha, frizda tasvirlangan ayollar mahalliy Baqtriya etnik turiga kiradi. Antik davrga taalluqli bu san’at asari keng miqyosda sharq-yunon madaniyati deb nomlangan turli badiiy an’analar sintezini o‘zida namoyon etadi. Unda budda falsafiy g‘oyalariga asoslangan yunon va sharqiy hind yoki Gandxar madaniyati uyg‘unlashadi. 

 

Buddashunos S.F. Oldenburgning arxeolog M.E. Massonga aytgan fikricha, besh musiqachi ayoldan iborat haykaltaroshlik kompozitsiyasi budda ta’limotidagi "besh buyuk ovoz" (pancha maxashabda)ni bildiradi. Ular ko‘pincha "samoviy musiqachilar" deb ham ataladi. 

 

Ayritom frizi topilganidan bir necha yil o‘tib, O‘zbekiston SSR hukumati uni Ermitajga hadya qilgan. 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

16:11 / 16.11.2026 0 132
Yo oting çiqsin, yo öting çiqsin

Bilasizmi?

18:11 / 13.11.2026 0 122
G‘aznachilikda moliyaviy intizom va xizmat madaniyati

Bilasizmi?

14:11 / 09.11.2026 0 278
Yetim, yetim demangiz, yetim haqin yemangiz



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 144 237747
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 115947
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 70041
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 60093
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 53409
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 43965
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 41052
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 40729
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//