Bayonqulixon maqbarasining koshinlari Gamburg muzeyiga qanday borib qolgan?


Saqlash
10:10 / 06.10.2026 0 221

Germaniyaning Gamburg shahridagi San’at va hunarmandchilik muzeyida bir vaqtlar Bayonqulixonning Buxorodagi maqbarasini bezab turgan o‘ymakor, sirlangan terrakotaning 71 ta bo‘lagi bor. 

 

Qayd etilishicha, mazkur koshinlarni Gamburg muzeyining asoschisi va birinchi mudiri Yustus Brinkmann 1895-yili Parijda san’at asarlari sotuvchisi Zigfrid Bing sharofati bilan qo‘lga kiritgan.

 

Bayonqulixon maqbarasining koshinlari Gamburg muzeyiga qanday kelib qolgan?

 

Koshinlarning xalqaro bozorga chiqishi esa 1894-yili yuz bergan yer qimirlashi maqbaraga qattiq shikast yetkazishi oqibati bilan bog‘liq bo‘lib, batumilik savdogar M. Yaxtajyan ularni Viktoriya va Albert muzeyi (London)ga taklif qilgan. Muzey ularning bir qismini sotib oladi. O‘z o‘rnida Gamburg muzeyi ham koshinlarning ancha katta to‘plamini xarid qilgan. Bo‘laklarning qolgani esa turli muzeylar to‘plamlariga tarqab ketgan.

 

Chingizxonning 25-avlodi Bayonqulixon uncha ko‘p hukm surgan emas. Uning Buxoroda qad ko‘targan maqbarasi to‘laligicha – ichki va tashqi tomonlaridan sirlangan koshin bilan qoplangandi. Ulardagi murakkab bo‘rtma usul va mavzularning xilma-xilligidan kelib chiqib, umumiy ko‘rinishni mo‘g‘ullar va temuriylar saltanatlari usullari o‘rtasidagi vaqtga to‘g‘ri keluvchi oraliq bosqichga oid, deb hisoblasa bo‘ladi. 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

16:11 / 16.11.2026 0 132
Yo oting çiqsin, yo öting çiqsin

Bilasizmi?

18:11 / 13.11.2026 0 122
G‘aznachilikda moliyaviy intizom va xizmat madaniyati

Bilasizmi?

14:11 / 09.11.2026 0 278
Yetim, yetim demangiz, yetim haqin yemangiz



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 144 237747
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 115947
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 70041
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 60093
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 53409
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 43965
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 41052
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 40729
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//