Yaponiya xazinasidagi Markaziy Osiyo izlari haqida bilasizmi?


Saqlash
09:08 / 25.08.2026 0 261

Yaponiyaning Nara prefekturasida joylashgan Todaydzi ibodatxonasi imperator Syomuning istagiga ko‘ra, VIII asrning o‘rtalarida qurilgan. Imperator vafotidan so‘ng ko‘p o‘tmay, u qadrlagan buyumlar Syoso ("asosiy xazina", "asosiy boyliklar") deb nomlangan Todaydzi ibodatxonasiga beriladi.

 

Syosoin xazinasida matolar to‘plami ham mavjud va ularning bir qismi Tan Xitoyida, boshqalari Yaponiyada ishlab chiqarilgan. Bir qancha gazlamalar esa, ehtimol, Buyuk ipak yo‘li yo‘nalishi bo‘yicha olib kelingan to‘qimachilik mahsulotlariga taqlid qilib tayyorlangan.

 

Jonivorlar rasmini chizish, ular qushlar bo‘ladimi yoki daraxt tagida turgan hayvonlarmi, qadimdan G‘arbiy Osiyo, ayniqsa sosoniylar Eroni va Markaziy Osiyoda keng tarqalgan. Negaki daraxtlar olamni anglash, ularning ostida turgan jonivorlar esa ularning qo‘riqchilari ma’nolarini anglatgan. 

Syosoin xazinasida bu turdagi rasmlar tushirilgan katta miqdordagi pardalar saqlanmoqda. Pardalarda tasvirlangan suratlar bir-biridan farq qiladi. 

 

Daraxt ostida turgan qo‘y tasviri tushirilgan pardaga xitsuzi ki roketi-no byobu (roketi (roketsu) uslubida ishlangan daraxt ostidagi qo‘y) deb nom berilgan. Pardaning chetiga siyoh bilan: "Tenpyosyoxo 3-yilining 10 oyi" (751-yil) deb yozilgan. 

 

Yozuvga qaraganda, ushbu parda VIII asrda mavjud bo‘lgan dehqonlarga solinadigan o‘lpon – tyo yoki yo o‘rnida olingan. Unda tasvirlangan qo‘yning shoxlari katta gajaksimon bo‘lib, bu holat uni Yaponiya qo‘ylariga mansub bo‘lmaganidan dalolat beradi. Balki bu surat g‘arb matolarida shunday rasmni ko‘rgan odamning buyurtmasiga ko‘ra ishlangan bo‘lishi mumkin.

 

E’tiborga molik yana bir parda bo‘lib, ulardan birida daraxt ostida turgan fil (roketi texnikasi uslubida: dzokiroketi no byobu) tasvirlangan bo‘lsa, ikkinchisida daraxt tagida turgan qirg‘iy surati aks ettirilgan (roketi texnikasi uslubida: otyoroketi – no byobu). 

 

Ta’kidlash joizki, daraxt ostida fil tasviri tushirilgan rasm umrida hech qachon filni ko‘rmagan inson tomonidan chizilgani yaqqol ko‘rinib turibdi. Misol uchun, xartumning uchi va oyoqlari keyinroq chizilgan va uzunligi o‘zgartirilgan. Tasvirdagi bu kabi holatlar shundan dalolat beradiki, Yaponiyaga turli mamlakatlardan ma’lumotlar kelib turgan va bu uning san’atiga ta’sir ko‘rsatgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

17:09 / 11.09.2026 0 297
Kuni irimga qolgan ilm

Hikmat

15:07 / 30.07.2026 0 452
G‘ururdan baland mehr



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 144 237062
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 115521
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 69414
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 59168
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52776
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 42371
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 40543
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 40303
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//