Islom sivilizatsiyasi markazida G‘aznaviylar davriga oid ming yillik medalon namoyish etilmoqda


Saqlash
16:08 / 20.08.2026 0 277

Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasida g‘aznaviylar davrining muhim tarixiy yodgorliklaridan biri bo‘lgan bronza medalon namoyish etilmoqda. Unda sulola hukmdori Abu Shujo’ Farruxzod bin Mas’udning nomi, unvonlari va davrga oid muhim ma’lumotlar aks etgan.

 

Medal Xurosonning G‘azna shahrida hozirgi Afg‘oniston hududida ishlangan. U g‘aznaviylar hukmdori Abu Shujo’ Farruxzod bin Mas’udga tegishli bo‘lib, uning hukmronlik yillari 1052–1059-yillarga to‘g‘ri keladi. Medalondagi hijriy 444 yil — milodiy 1052–1053 yil sanasi esa uning muayyan tarixiy davr bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi.

 

Eksponatning eng diqqatga sazovor jihatlaridan biri uning har ikki tomonidagi kufiy xatidagi yozuvlardir. Old tomonda hukmdorning nomi va unvonlari keltirilgan:

 

“Adl / al-amir as-sa’id al-malik / nosir xalifat Alloh Abu Shujo’ Farruxzod / bin Nosir Din Alloh”

 

Medalon chetida esa uning G‘aznada 444-yilda zarb etilgani haqidagi yozuv joylashgan. Orqa tomonda islomiy e’tiqodning asosiy ramzlaridan biri bo‘lgan shahodat kalimasi — “La ilaha illalloh, Muhammadur Rasululloh” hamda Abbosiylar xalifasi al-Qoim biamrillohning nomi aks ettirilgan. Medalon chetida esa Qur’oni karimning Tavba surasi, 33-oyati keltirilgan. Shu jihatdan eksponatda siyosiy hokimiyat va diniy-e’tiqodiy qarashlarni ifodalovchi yozuvlar bir butun kompozitsiyada uyg‘unlashganini ko‘rish mumkin.

 

Medalon quyma usulda tayyorlangan bronzadan ishlangan va uning sirti zarhallangan. Yuqori qismida qadimiy teshik va osma ilmoq izlari mavjud. Bu uning muayyan davrda osib qo‘yilgan yoki taqilgan buyum sifatida ham ishlatilgan bo‘lishi mumkinligidan dalolat beruvchi muhim belgi hisoblanadi.

 

Asrlar davomida saqlangani natijasida uning yuzasida ishqalanish va korroziya izlari ham paydo bo‘lgan. Bu belgilar eksponatning uzoq va murakkab tarixiy yo‘lini ko‘rsatadi.

Diametri atigi 7,4 santimetr bo‘lgan ushbu medalon o‘z hajmiga nisbatan nihoyatda katta tarixiy axborotni o‘zida mujassam etgan. Unda:

 

— hukmdorning ismi va unvonlari;

— G‘aznaviylar davriga oid ma’lumot;

— 444 hijriy yil sanasi;

— G‘azna shahri nomi;

— Abbosiylar xalifasi nomi;

— shahodat kalimasi;

— Qur’on oyati kabi muhim ma’lumotlar jamlangan.

 

Shu bois bunday artefaktlar nafaqat moddiy madaniyat namunasi, balki o‘sha davrning siyosiy tarixi, diniy hayoti, epigrafikasi va san’atini o‘rganishda muhim manba sifatida ham ahamiyat kasb etadi.

 

Bugun g‘aznaviylar davriga oid mazkur nodir medalon Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasidan o‘rin olgan. Asrlar avval metallga bitilgan hukmdor nomi bugun muzey ekspozitsiyasida yana bir bor tarix tiliga aylanmoqda. 7,4 santimetrlik bu medalon oddiy ashyo emas. Unda G‘azna, g‘aznaviylar, hukmdorlik an’analari va o‘sha davrning ma’naviy dunyosi haqidagi tarixiy xotira mujassam.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

17:09 / 11.09.2026 0 297
Kuni irimga qolgan ilm

Hikmat

15:07 / 30.07.2026 0 452
G‘ururdan baland mehr



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 144 237062
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 115521
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 69414
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 59168
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52776
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 42371
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 40543
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 40303
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//