Shotlandiyaning Glazgo shahrida Buxoro amirligi o‘zbek so‘zanalarining kichik to‘plami saqlanadi. Ular shotlandiyalik tadbirkor Uilyam Barrell tomonidan shaharga sovg‘a qilinganligi haqida ma’lumotlar bor.
Bu o‘ziga xos kashtalar Buxoro amirligi kashtado‘zlik san’atining oltin asri timsolidir, zero, ular hunarmandchilik tijoratlashuvidan ancha oldin paxta matolari to‘qimachiligi paydo bo‘lishi va anilin bilan bo‘yalgan ipak tolalari keng tarqalishigacha bo‘lgan davrda tikilgan.
Uilyam Barrell (1861 – 1958) Glazgodagi savdo kemalari egasi bo‘lgan. U Misr, Mesopotamiya va O‘rta yer dengizidagi qadimiy artefaktlar, Yaqin Sharq, Hindiston, Markaziy Osiyo va Xitoydagi islom san’ati buyumlari, Yevropadagi O‘rta asr va Uyg‘onish davri san’ati namunalarini hamda G‘arbning zamonaviy san’at predmetlarini o‘z ichiga olgan san’at asarlarining ajoyib kolleksiyasini to‘plagan.

Uilyam o‘z to‘plami buyumlarini Glazgoda joylashgan birinchi uyi Greyt-Vestern Terras 8 hamda Bervikshirdagi Xatton qasridagi hovlisida ham yig‘ib yurgan. Xatton qasridagi interyer fotosuratlarida yerga to‘shalgan fors gilamlari to‘plami, Yevropa mebelining tarixiy buyumlari, devorlarida osilgan XV va XVI asrlarga oid Yevropa gobelen gilamlari, yotoqxonadagi karavotlarda choyshabdek yopilgan o‘zbek so‘zanalarini ko‘rish mumkin.
Barrell xarid qilgan matolar orasida 11 ta o‘zbek so‘zanalari alohida ajralib turadi. Kelinlar sepi uchun paxta matosiga mehr bilan tikilgan ushbu ipak kashtalarini Barrell 1925-yilda xarid qilgan. Ular uning butun umri davomida Xatton qasrida hashamatli choyshablar sifatida foydalanilgan. Bu guruhga 8 ta devorga osiladigan butun so‘zanalar, 2 ta yarim o‘lchamli nim so‘zana va bitta ro‘yjo (nikoh kechasi choyshabi) kiradi.
O‘z davrining aksariyat Yevropa kolleksionerlari singari Uilyam ham ushbu kashtalarni yuqori sifatli qo‘l mehnati, go‘zal naqshlari va ranglar uyg‘unligi uchun yuksak qadrlagan.
Bilasizmi?
Bilasizmi?
Bilasizmi?
Hikmat
Hikmat
Bilasizmi?
Qatra
Hikmat
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
//
Izoh yo‘q