Hadaha


Saqlash
12:07 / 21.07.2026 0 440

So‘zning iste’mol qilinmay qo‘yilishi – bu uning o‘limi. Ba’zan yot leksemalar tilga o‘zlashgan zahoti ommalashib ketsa-da, asrlar osha yashab kelgan, shevalarda saqlangan ayrim so‘zlar adabiy tilda o‘z o‘rnini topa olmaydi. Bundan 30–40 yil oldin Qashqadaryo va boshqa hududlarda faol iste’molda bo‘lgan “hadaha” so‘zi ham bugun yoshlar nutqida deyarli uchramaydi.

 

Holbuki, mazkur so‘z “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ga kiritilib, unga adabiy tildan joy olish uchun rasman yo‘llanma berilgan. Lug‘atda unga quyidagicha ta’rif beriladi:

 

“Hadaha – tezdan, tezlik bilan, darrov: Militsiyalar hadaha otlanib, yigirma odam bo‘lib, yov-yarog‘ini osib, otiga qamchi bosib yo‘l tortdi” (“Ochildov” dostonidan).

 

“O‘zbek xalq shevalari lug‘ati”da bu so‘z asosan Qashqadaryo va Jizzax vohalarida faol qo‘llanishi qayd etilgan. Lug‘atda uning fonetik xususiyatlari va amaliy qo‘llanilishi quyidagicha ochib berilgan:

 

“Hәdәhә (Qashqadaryo, Jizzax) – tez, birdan, bir zumda. – Qarasam, tishini ko‘rsatib menga qarab kelyapti, hadaha o‘zimni panaga oldim (Qashqadaryo shevasi). – Hәdәhә eshikni yopdim, bo‘lmasa hamma yoqni chang bosib ketardi (Jizzax shevasi).”.

 

“Boburnoma”da bu so‘z “qadag‘a” shaklida uchraydi:

 

“Mo‘min Ali tavochini qadag‘a bila chopturuldikim...” (ya’ni, “Mo‘min Ali tavochi shoshilinch, zudlik bilan oldinga yuborildi...”).

 

Boshqa bir o‘rinda ham ayni shu ma’no saqlanib qolgan:

 

“Balx va Hisor va Samarqand va Toshkanddagi xon va sultonlarg‘a qadag‘a bila kishilar chopturub...”

 

“Boburnoma”dan keltirilgan misollardan ko‘rinadiki, mazkur so‘z tarixiy makonimizda qadimdan faol iste’molda bo‘lgan. Bugungi kunda keksa avlod tilida yashab kelayotgan bu kabi arxaizmlarni “ekran tili” bilan chegaralanayotgan yoshlar o‘z nutqiga singdirsa, ko‘z o‘ngimizda “o‘lib” borayotgan milliy til boyliklarimiz barhayotligi ta’minlanardi.

 

Abduvohid HAYIT

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

14:11 / 09.11.2026 0 17
Yetim, yetim demangiz, yetim haqin yemangiz

Qomus

16:11 / 04.11.2026 0 115
Maoş va oş

Hikmat

11:11 / 03.11.2026 0 101
Boylik odamni buzadi(mi?)



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 144 237570
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 115862
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 69927
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 59908
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 53239
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 43738
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 40983
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 40662
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//