Daho qabridagi talonchilik


Saqlash
09:07 / 15.07.2026 0 271

YouTubedagi lavhada Abu Rayhon Beruniy mangu qoʻnim topgan joy koʻrsatildi. Dahoning ochiq maydondagi koʻrimsizgina, qarovsiz qabri Afgʻonistonning Gʻazni viloyatida ekan. Shu hududda yashovchi afgʻon chol muxbir bilan suhbatda koʻngilni xira qiladigan bir gapni aytib qoldi: “Avvalgi zamonlarda Beruniy qabri gʻisht devor bilan oʻralgan edi. Keyin odamlar devorni buzib, gʻishtlarini tashib ketdi. Oqibatda maqbara shunday xarob ahvolga tushib qoldi”.
 

Qarangki, gʻaflat uyqusidagi kimsalar dunyoni uygʻotgan allomaning qabrini talab ketgan ekan! Bu jizzaxlik bir odam hikoya qilib bergan boshqa voqeani esimga soldi. Bu joy – sel yoʻli... Bir vaqtlar shu yerda selga qarshi kattagina damba quriladi. Koʻp yillar sel kelmaydi. Odamlar qurilma tuprogʻidan gʻisht quyib sota boshlaydi. Tez orada dambadan asar ham qolmaydi, u shapaloqday-shapaloqday gʻishtlarga aylanib, gʻoyib boʻladi. Gʻishtlardan shu atrofdagi aholi uy-imorat quradi. Bir necha yildan soʻng kuchli yogʻingarchilik boʻladi. Sel shu darajada katta ediki, oʻsha uylarni oqizib ketadi...

 
Daho qabridagi talonchilikning oqibati ham shunday boʻladi. Qaylardadir maʼnaviyatni, maʼrifatni sel bosadi. Holbuki, koʻzga koʻrinadigan ofatdan koʻra koʻzga koʻrinmaydigani xatarliroq.

 
Ha, aytganday, shu asnoda yana bir voqea yodimga tushdi. Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” kitobida yozadiki, johiliyat davrida bir qabila xurmo va oʻsimlik moyidan sanam yasab olib, unga uzoq vaqt sigʻinib yuradi. Qattiq ocharchilik kelganda esa ular oʻz sanamini yeb qoʻygan ekan...


Eshqobil SHUKUR,
“Tafakkur” jurnali, 2026-yil, 2-son.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

15:07 / 30.07.2026 0 241
G‘ururdan baland mehr

Hikmat

16:07 / 23.07.2026 1 259
Eng qimmat shirinlik

Bilasizmi?

14:07 / 22.07.2026 0 172
“O‘ktam”ning etimologiyasi

Bilasizmi?

11:07 / 22.07.2026 0 294
Vafo va vafot



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 236444
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 115156
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68774
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 57942
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52329
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 41173
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39981
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39961
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//