Daho qabridagi talonchilik


Saqlash
17:07 / 13.07.2026 0 384

YouTube dagi lavhada Abu Rayhon Beruniy mangu qo‘nim topgan joy ko‘rsatildi. Dahoning ochiq maydondagi ko‘rimsizgina, qarovsiz qabri Afg‘onistonning G‘azni viloyatida ekan. Shu hududda yashovchi afg‘on chol muxbir bilan suhbatda ko‘ngilni xira qiladigan bir gapni aytib qoldi: “Avvalgi zamonlarda Beruniy qabri g‘isht devor bilan o‘ralgan edi. Keyin odamlar devorni buzib, g‘ishtlarini tashib ketdi. Oqibatda maqbara shunday xarob ahvolga tushib qoldi”.

 

Qarangki, g‘aflat uyqusidagi kimsalar dunyoni uyg‘otgan allomaning qabrini talab ketgan ekan!

 

Bu jizzaxlik bir odam hikoya qilib bergan boshqa voqeani esimga soldi. Bu joy – sel yo‘li... Bir vaqtlar shu yerda selga qarshi kattagina damba quriladi. Ko‘p yillar sel kelmaydi. Odamlar qurilma tuprog‘idan g‘isht quyib sota boshlaydi. Tez orada dambadan asar ham qolmaydi, u shapaloqday-shapaloqday g‘ishtlarga aylanib, g‘oyib bo‘ladi. G‘ishtlardan shu atrofdagi aholi uy-imorat quradi. Bir necha yildan so‘ng kuchli yog‘ingarchilik bo‘ladi. Sel shu darajada katta ediki, o‘sha uylarni oqizib ketadi...

 

Daho qabridagi talonchilikning oqibati ham shunday bo‘ladi. Qaylardadir ma’naviyatni, ma’rifatni sel bosadi. Holbuki, ko‘zga ko‘rinadigan ofatdan ko‘ra ko‘zga ko‘rinmaydigani xatarliroq.

 

Ha, aytganday, shu asnoda yana bir voqea yodimga tushdi. Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” kitobida yozadiki, johiliyat davrida bir qabila xurmo va o‘simlik moyidan sanam yasab olib, unga uzoq vaqt sig‘inib yuradi. Qattiq ocharchilik kelganda esa ular o‘z sanamini yeb qo‘ygan ekan.


Eshqobil SHUKUR

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

14:11 / 09.11.2026 0 139
Yetim, yetim demangiz, yetim haqin yemangiz

Qomus

16:11 / 04.11.2026 0 168
Maoş va oş

Hikmat

11:11 / 03.11.2026 0 108
Boylik odamni buzadi(mi?)



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 144 237603
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 115873
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 69958
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 59963
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 53275
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 43813
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 41012
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 40672
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//