Faylasuflar so‘zlar izsiz yo‘qolib ketmaydi, deb hisoblashadi... Ular havoda muallaq osilib, atmosferada turib qoladi.
Faylasuf S.Bulgakov qaysidir bir xonada qarg‘ishlar yog‘ilib, yomon gaplar aytilsa – bu gaplar xuddi tamaki tutinidek shu xonada osilib turaveradi, deydi. Derazani ochib, xonani shamollatib, bu qabihliklarni quvib solging keladi.
Shunday rivoyat bor. Shoir Lermontovning buvisi eri o‘z joniga qasd qilganini eshitib: “It itdek o‘lim topibdi” deydi. Juda og‘ir gap... Keyin esa duelda buvining suyukli nabirasi Mishenka (shoir Mixail Lermontov) halok bo‘ladi. Va bu xabarni eshitgan podsho xuddi shu gapni takrorlaydi: “It itdek o‘lim topibdi!”. Buvining gapi podshoning og‘zidan so‘zma-so‘z takrorlangan.
Aks-sado mavjud. Aynan aks-sado qachonlardir boshqalarga aytgan gaplarimiz, niyatlarimizni o‘zimizga qaytarib olib keladi...
Kimnidir qattiq ayblagan bo‘lsak, kimningdir ustidan kulgan bo‘lsak, kimgadir xiyonat qilib og‘ir vaziyatda tashlab ketgan bo‘lsak – barchasi qaytadi. Aybsiz odamni qarg‘agan kimsaning qarg‘ishi o‘ziga uradi. O‘ylamasdan birovni qoralab, la’natlab gapirganlar – bu so‘zlar albatta o‘z hayotlarida “ijobat” bo‘lganini ko‘rishadi. Hayotda qaytish – aks-sado bor!
Anna KIRYANOVA,
yozuvchi va psixolog
Jaloliddin Safoyev tarjimasi.
Bilasizmi?
Bilasizmi?
Hikmat
Hikmat
Bilasizmi?
Bilasizmi?
Qatra
Hikmat
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
//
Izoh yo‘q