Navoiy viloyatidagi islomiyat davrining Markaziy Osiyoda saqlanib qolgan qadimiy sajdagohi – Deggaron masjidi


Saqlash
17:06 / 12.06.2026 0 240

Navoiy viloyati hududida joylashgan qadimgi Hazora qishlogʻidagi meʼmoriy yodgorlik – Deggaron masjidi VII–IX asrlarda qurilgan bino oʻrniga XI asrda bunyod etilgan.

 

Bu Navoiy viloyatida topilgan masjidlardan eng qadimgisi. Keyinchalik, masjid, sopol qozon yasovchilar mahallasi guzarida joylashgani uchun "Deggaron masjidi" deb nomlangan. Oʻrta asrlarda Hazora oʻrtacha shahar sifatida mashhur edi. Yonida esa bir kanal qazilgani eski arab manbalarida zikr etilgan. Shahar Buxoro vohasining "Ulkan choʻl" bilan chegarasida qoʻriqlash funksiyalarini bajargan va "Kampir duvol" deb atalmish eski fortifikatsiya tizimiga kirgan.

 

 

Masjidning tashqi koʻrinishi kub shaklida, usti gumbazlar bilan yopilgan, xona ichida pishiq gʻishtdan toʻrt gʻoʻla (ustun) ishlangan. Qolgan devori xom gʻishtdan tiklanib, yuzasi pishiq gʻisht bilan qoplangan. Toʻrt rukn – ustun (diametri 128 sm) xonaqoh ichini devorsiz toʻqqiz qismga ajratgan. Markaziy qismi nisbatan yirikroq gumbaz bilan yopilgan. Boshqa qismlarga – bir tomonidan devorga, qarshi tomonidan ustunga tayantirib, yana sakkizta kichik gumbaz ishlangan. XX asrda masjidning janubiy va sharqiy devorlariga taqab sinchkor ayvon qurilgan. Ayvon ustunida binoning 1910-yili qayta qurilgani qayd etilgan. Keyinchalik ayvonlari vayron boʻlgan.

 

Deggaron masjidi – islomiyat davrining Markaziy Osiyoda saqlanib qolgan qadimiy sajdagohi sifatida meʼmoriy oʻziga xosligi va sodda salobati bilan diqqatga sazovor.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

15:07 / 30.07.2026 0 241
G‘ururdan baland mehr

Hikmat

16:07 / 23.07.2026 1 259
Eng qimmat shirinlik

Bilasizmi?

14:07 / 22.07.2026 0 172
“O‘ktam”ning etimologiyasi

Bilasizmi?

11:07 / 22.07.2026 0 294
Vafo va vafot



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 236444
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 115156
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68774
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 57942
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52329
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 41173
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39981
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39961
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//