Bilasizmi?
Ota-onasi har yozda o‘g‘lini buvisinikiga olib borishardi. Bola ancha ulg‘aygach, bir kuni ularga dedi:
– Men endi katta bo‘ldim. Nega menga hali ham kichik boladek qaraysizlar? Buvimnikiga o‘zim ham bora olaman!
Biroz tortishuvdan keyin ota-onasi rozi bo‘lishdi.
Mana, vokzalda turishibdi. Ota-onasi uni kuzatib qo‘ymoqda, oxirgi maslahatlarini bermoqda. Ammo o‘g‘il esa qayta-qayta:
– Bilaman, bilaman, bu gaplarni yuz marta aytgansizlar! – deb javob qaytarardi.
Shunda otasi unga qarab dedi:
– O‘g‘lim, yo‘lda o‘zingni yomon his qilib qolsang yoki qo‘rqib ketsang, mana buni ol, – dedi-da, cho‘ntagiga bir narsani solib qo‘ydi.
Poyezd yo‘lga tushdi.
Bola vagonda o‘tirib, derazadan tashqariga tikilib ketardi. Atrofida esa begona odamlar: kimdir kirib keladi, kimdir chiqib ketadi, kimdir turtib o‘tadi. Provodnik unga tanbeh berdi, yana bir yo‘lovchi ham norozi bo‘lib qarab qo‘ydi.
Asta-sekin bolaning ko‘ngli g‘ash tortdi. Yuragi siqila boshladi. Har daqiqa o‘zini yolg‘iz va nochor his qilayotgan edi. Nihoyat, qo‘rquv uning qalbini qamrab oldi.
U burchakka qisilib o‘tirdi. Ko‘zlariga yosh keldi. Shunda otasi cho‘ntagiga solib qo‘ygan narsa yodiga tushdi. Titroq qo‘llari bilan qog‘ozchani chiqarib, ochdi. Unda shunday yozilgan edi:
“O‘g‘lim, men oxirgi vagondaman...”
Hayotda farzandlarimizni mustaqil qo‘yib yuborishni, ularga ishonishni bilishimiz kerak. Ammo ular uchun har doim “oxirgi vagonda” bo‘lishimiz, ya’ni zarur paytda suyana oladigan tayanch bo‘lib qolishimiz lozim.
Sarvar RAHIMIY tarjimasi.
Bilasizmi?
Bilasizmi?
Bilasizmi?
Bilasizmi?
Qomus
Hikmat
Qatra
Hikmat
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
//
Izoh yo‘q