Siyosat
O‘zbekistonda Yoqilg‘i-energetika sohasida investorlar kengashi tashkil etiladi. Kengashga Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva boshchilik qiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasidagi investorlar bilan o‘tkazilayotgan ochiq muloqotda e’lon qildi.
Ta’kidlanishicha, energetika loyihalari katta sarmoya va murakkab infratuzilmani talab qiladi. Yer ajratish, tarmoqqa ulanish yoki texnik shart olishdagi birgina kechikish ham butun loyihaga ta’sir qiladi.
“ACWA”, “Vision Invest”, “DataVolt”, “Voltalia” va “EDF” kabi kompaniyalar bu masalalarni doimiy muloqot orqali hal qilishni taklif etdi.
Buni hisobga olib, Prezident Yoqilg‘i-energetika sohasida investorlar kengashini tashkil etishga qaror qilganini ta’kidladi. Kengashga Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva boshchilik qiladi.
Kengash yer ajratishdan obyekt ishga tushguniga qadar sarmoyadorlar duch keladigan masalalarga tezkor yechim topish bilan shug‘ullanadi.
Majlisda Prezident 2027-yilda suyultirilgan gaz yetkazib berish sohasini respublika bo‘ylab xususiy sektorga berish maqsad qilinganini ham ma’lum qildi.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
113659
Jamiyat
96472
Jamiyat
94049
Jamiyat
78001
Jamiyat
//
Izoh yo‘q