Jamiyat
15-16-oktyabr kunlari HAMROH kompaniyasi BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikda O‘zbekistonning turli hududlarida faoliyat yurituvchi tadbirkor ayollar uchun ikki kunlik o‘quv safari o‘tkazdi. Tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash dasturi (WESP) doirasidagi ushbu o‘quv jarayonlari amaliy treninglar, ekspertlar bilan muhokamalarni o‘z ichiga oladi.
WESP HAMROH kompaniyasi tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, BMT Taraqqiyot Dasturi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi ko‘magida amalga oshiriladi.
Tadbirda so‘zga chiqqan mas’ullarning qayd etishicha, mazkur loyiha boshlanganidan beri 2000 nafardan ortiq tadbirkor ayollar o‘qitildi. Ta’kidlash lozimki, ularning biznesi ko‘lami kengayishi nafaqat o‘ziga foyda, balki jamiyatdagi boshqa ayollarni ham ish o‘rinlari bilan ta’minlashi bilan ahamiyatlidir.
Seminar davomida IT vositalaridan foydalanish, byudjetni rejalashtirish, xarajatlarni maqbullashtirish va daromad manbalarini diversifikatsiya qilish masalalari ko‘rib chiqildi.
Interaktiv ko‘rinishda o‘tgan mazkur tadbirda xotin-qizlar amaliyotda o‘zlari duch kelayotgan muammolar (moliyaviy, inson kapitaliga oid, sharoit bilan bog‘liq to‘siqlar) haqida savol berib, ekspertlardan javoblar olishdi.
Ma’lumot uchun, ushbu tashabbus tadbirkor ayollar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish va amaliy bilimlarni o‘rganishga ko‘maklashadi. Bu orqali ular ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, boshqaruv amaliyotini takomillashtirish va barqaror biznesni rivojlantirish bo‘yicha bilimlarini
mustahkamlaydi.
Jamiyat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
113658
Jamiyat
96471
Jamiyat
94049
Jamiyat
78000
Jamiyat
//
Izoh yo‘q