Siyosat
Ayni paytda Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasidagi investorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari o‘tgan yillarda energetika loyihalarini tayyorlash va investorlar bilan ishlash bo‘yicha katta tajriba to‘planganini qayd etdi. Endi hamkorlikning yangi bosqichiga o‘tiladi: har bir investitsiya yangi quvvat yaratish bilan birga ta‘minot ishonchliligini oshirishi va yo‘qotishlarni kamaytirishi kerak.
2030-yilgacha 22 ming megavatt yangi quvvat yaratish maqsad qilingan. Natijada elektr energiyasi ishlab chiqarishning yillik hajmi 129 mlrd kilovatt-soatdan oshadi, qayta tiklanuvchi energiya ulushi 54 foizga yetadi.
Ta’kidlanishicha, energiya saqlash loyihalari uchun qonunchilikda yer va mol-mulk solig‘i bo‘yicha 10 yillik imtiyozlar belgilangan. Ularni qo‘llashdagi turlicha talqinlarga barham berish uchun imtiyozlar akkumulyator yoki quyosh paneli joylashgan maydon bilan birga zarur podstansiya, boshqaruv binosi va yordamchi infratuzilmaga ham tegishli ekani Soliq kodeksida aniq ko‘rsatiladi.
Taqsimlash tarmoqlarida xususiy sektor ishtiroki ham kengaytiriladi. Samarqandda boshlangan yondashuvni Jizzax va Toshkent viloyatlarida davom ettirish rejalashtirilgan. Maqsad – elektr yo‘qotishlarini kamaytirish va iste’molchilarga xizmat sifatini yaxshilash.
“Eng arzon energiya – tejalgan energiya”, dedi Prezident. Ijtimoiy soha obyektlari va suv xo‘jaligidagi nasos stansiyalarini energiya tejamkor texnologiyalar asosida modernizatsiya qilishga xususiy sarmoya jalb etiladi. Investorlar tejalgan energiya va karbon kreditlar hisobidan daromad olishi mumkin bo‘ladi.
Jamiyat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
113658
Jamiyat
96471
Jamiyat
94049
Jamiyat
78000
Jamiyat
//
Izoh yo‘q