Jamiyat
50–100 nafar qurilish sohasi mutaxassisini Xorvatiyaga ishga yuborish bo‘yicha pilot loyiha tashkil etish taklif qilindi. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, 15-oktyabr kuni Xorvatiyaning Zagreb shahrida Migratsiya agentligi direktori Muhsinxo‘ja Abdurahmonov ushbu mamlakat Mehnat, pensiya tizimi, oila va ijtimoiy siyosat vazirligi davlat kotibi Ivan Vidish hamda Bandlik xizmati direktori Ante Lonchar bilan muzokaralar o‘tkazgan.
Uchrashuvda O‘zbekiston fuqarolarini Xorvatiyada davlatlararo (G2G) mexanizm asosida qonuniy va xavfsiz mehnat sharoitlarida ishga joylashtirish tizimini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilingan. Dastlab qurilish sohasida 50–100 nafar mutaxassisni qamrab oladigan pilot tanlov o‘tkazish, nomzodlarni xorvatiyalik ish beruvchilar talablari asosida kasb va tilga tayyorlash taklif etilgan.
Shuningdek, Xorvatiyada ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolarining mehnat huquqlarini himoya qilish va ularga joyida yordam ko‘rsatish maqsadida ushbu mamlakatda Migratsiya agentligi vakolatxonasini ochish imkoniyati ko‘rib chiqilgan.
Xorvatiya tomoni O‘zbekiston bilan qurilish sohasidagi hamkorlikni kelgusida muhandislik, tibbiyot va ijtimoiy parvarish yo‘nalishlariga ham kengaytirishga qiziqish bildirgan. Muzokaralar yakunida ikki mamlakat o‘rtasida mehnat bozori sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan kelishuv imzolangan.
Migratsiya agentligi ma’lumotiga ko‘ra, Xorvatiya shu vaqtgacha bunday hujjatni faqat Filippin bilan imzolagan. O‘zbekiston mazkur formatda hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan ikkinchi davlat bo‘ldi.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
113659
Jamiyat
96472
Jamiyat
94049
Jamiyat
78001
Jamiyat
//
Izoh yo‘q