Prezident Administratsiyasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Saqlash
09:10 / 16.10.2026 301 0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining farmoyishi bilan Akramjon Murodjon o‘g‘li Fozilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u Prezident Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

 

Shuningdek, Administratsiya rahbarining farmoyishlari bilan Aziza Abdusabitovna Qurbonova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, Xushnud G‘ayratovich Xudayberdiyev esa mazkur departament boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi.

 

 

Bundan tashqari, Administratsiya rahbarining farmoyishiga asosan Farruh Farxodjonovich Omonov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//