Siyosat
Jumaboyev Akmal Muradovich Yakkasaroy tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Akmal Jumaboyev 1987-yil Toshkent viloyati Parkent tumanida tug‘ilgan. 2011-yilda Toshkent avtomobil-yo‘llar institutini, 2013-yilda esa mazkur institut magistraturasini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida yoshlar tashkilotlari va davlat boshqaruvi tizimida qator mas’ul lavozimlarda ishlagan.
2021-yildan shu kunga qadar Sergeli tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Nilufar Allabergenova Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Allabergenova mazkur tayinlovga qadar Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
.png)
Ma‘lumot uchun, Nilufar Allabergenova 1971-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1995-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Turli yillarda Yashnobod, Chilonzor va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida prokuror o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Nilufar Allabergenova 2019-yildan hokim etib tayinlanguncha Yakkasaroy tumani prokurori sifatida faoliyat yuritgan.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
113659
Jamiyat
96472
Jamiyat
94049
Jamiyat
78000
Jamiyat
//
Izoh yo‘q