Yashnobod, Yangihayot va Chilonzor tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi

Saqlash
15:32 / 15.10.2026 232 0

Toshkentning uchta tumaniga yangi hokimlar tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Abdulaziz Axatovich Abdulxakov Toshkent shahrining Yashnobod tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi. U 1980-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2006-yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida hokimlik tizimida qurilish, arxitektura va kommunal xo‘jalik sohalarida bir qator mas’ul lavozimlarda ishlagan.

 

2025-yildan buyon Toshkentdagi UET Construction MCHJda ijtimoiy obyektlarni qurish departamenti direktori lavozimida ishlab kelgan.

 

Lazizbek Po‘latovich Temirov Toshkent shahrining Yangihayot tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

 

U 1989-yilda Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumanida tug‘ilgan. 2012-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini bakalavriat, 2021-yilda esa magistraturasini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida iqtisodiyot va davlat boshqaruvi tizimida qator mas’ul lavozimlarda ishlagan.

 

Tayinlovga qadar, 2024-yildan buyon Yashnobod tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

 

Inogamov Hayot Ilyasovich Chilonzor tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

 

Hayot Inogamov 1986-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2006-yilda Toshkent avtomobil yo‘llari institutini, 2008-yilda esa mazkur institut magistraturasini tamomlagan.

 

Mehnat faoliyati davomida transport va yo‘l infratuzilmasi hamda davlat boshqaruvi tizimida qator mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2020-yildan Yangihayot tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//