Jamiyat
Sergeli tumanining Qumariq mahallasidagi 17 ming metr kvadrat maydonda favvorali sun’iy ko‘l qurish boshlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bu poytaxtning barcha tumanlarida 12 ta sun’iy suv havzasini tashkil etish loyihasining bir qismi ekani aytilmoqda.
“Suv havzasi changni kamaytirish, havoni namlantirish va atrof-muhitda yanada qulay mikroiqlimni shakllantirishga xizmat qilishi kutilmoqda. Bu yerda aholi dam olishi, sayr qilishi va sport bilan shug‘ullanishi mumkin bo‘ladi”, deyiladi xabarda.
Ko‘l atrofidagi 5 gektar maydonda sayr, yugurish va velosiped yo‘lakchalari, bolalar maydonchalari, o‘rindiqlar va barbekyu zonalari barpo etiladi. Hozirda konstruksiyani armaturalash va mustahkamlash, shuningdek, ko‘lni saqlab turuvchi himoya devorni shakllantirish ishlari olib borilmoqda.
Geologiya xulosalari hudud sun’iy ko‘l barpo etish talablariga muvofiq kelishini tasdiqlagan. Noyabrga qadar ko‘l atrofida uzunligi qariyb 800 metr bo‘lgan devor qurishni yakunlash va bo‘lajak ko‘l o‘zanidan tuproqni olib chiqish rejalashtirilgan, deya xabar berdi qurilish ishlari rahbari Axtam Hamroyev.
Hokimlik ma’lumotlariga ko‘ra, hozirga qadar asosiy ishlarning 30 foizdan ortig‘i bajarilgan. Ularni yil oxirigacha yakunlash rejalashtirilmoqda.
Loyihachi Muhiddin Xoliqovning ta’kidlashicha, hududda kanallar va suv oqimlari bo‘lmagani sababli, sun’iy ko‘lni to‘ldirish uchun suv yerosti quduqlaridan olinadi. “Suv 30 metr chuqurlikdan tortib olinib, ko‘lni to‘ldiradi. Avtomatik datchiklar suv sathining pasayishi va ko‘tarilishini kuzatib boradi”, dedi u.
Loyihada quyosh panellari, suvni filtrlash va ozonlash tizimlarini o‘rnatish ko‘zda tutilgan.
Jamiyat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
113658
Jamiyat
96471
Jamiyat
94049
Jamiyat
78000
Jamiyat
//
Izoh yo‘q