Jamiyat
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Turkiyaning Istanbul, Yalova va Kojaeli viloyatlarida yashayotgan hamda vaqtincha bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni ob-havo sharoitining yomonlashishi munosabati bilan ogohlantirdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kuchli yomg‘ir, shamol va noqulay ob-havo sharoitlari suv toshqinlari, yo‘llarda harakatlanishning qiyinlashishi hamda boshqa favqulodda holatlar xavfini keltirib chiqarishi mumkin.
Shu munosabat bilan fuqarolarga zarurat bo‘lmasa, uzoq masofalarga safar qilmaslik, kuchli yog‘ingarchilik vaqtida suv to‘planishi mumkin bo‘lgan pastqam hududlar, yerosti yo‘llari va tunnellardan uzoqroq bo‘lish tavsiya etildi.
Shuningdek, dengiz sohillari, daraxtlar, elektr uzatish tarmoqlari va mustahkam o‘rnatilmagan konstruksiyalar yaqinida ehtiyotkor bo‘lish, avtomobil boshqarishda tezlikni kamaytirish va xavfsiz masofani saqlash so‘raldi.
Bosh konsulxona fuqarolarni Turkiyaning vakolatli idoralari tomonidan e’lon qilinayotgan rasmiy ogohlantirish va tavsiyalarga amal qilishga, o‘z xavfsizligi hamda yaqinlari salomatligiga alohida e’tibor qaratishga chaqirdi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jahon
Jamiyat
113636
Jamiyat
96443
Jamiyat
94009
Jamiyat
77969
Jamiyat
//
Izoh yo‘q