Jamiyat
Turkiyalik taniqli rep ijrochisi Lvbel C5 (haqiqiy ismi Sulaymon Burak Bodur) xonanda Asya Alizade bilan birgalikda kuylagan “Kahpe” taronasi matni sababli Istanbulda qo‘lga olindi. 11-oktyabrda Turkiya sudi reperga nisbatan g‘ayrioddiy qaror chiqardi.
Prokuraturada ko‘rsatma bergan ijrochi o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni tan olmadi. U fuqarolardan tushgan e’tirozlardan so‘ng qo‘shiqni barcha raqamli platformalardan o‘chirib tashlaganini bildirdi. Ta’kidlanishicha, qo‘shiq matnida zo‘ravonlik unsurlari aks etgan.
“Men qo‘shiq matnlarini tasavvurimga tayanib yozaman. Bu so‘zlardan hech qanday g‘arazli maqsad ko‘zlanmagan. Hech qanday zo‘ravonlik holati yo‘q, bular shunchaki xayoliy misralar edi”, dedi ijrochi tergov jarayonida.
Shuningdek, Bodur qo‘shiqdagi e’tirozlarga sabab bo‘lgan boshqa misralar u bilan duet kuylagan Asya Alizadega tegishli ekanini bildirgan.
Prokuratura xonandani “jinoyat sodir etishga ochiqdan-ochiq da’vat qilish” moddasi bo‘yicha hibsga olishni so‘ragan edi. Sud esa ijrochining nazoratda turishi haqida qaror chiqardi. Unga sud nazorati choralari qatorida turk adabiyoti bo‘yicha ta’limini davom ettirish sharti ham belgilandi. To turk tili va adabiyotini yaxshi bilgunga qadar mamlakatdan chiqish taqiqlandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda turk adabiyoti bo‘yicha ta’lim olish sharti qo‘yilgani ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
113607
Jamiyat
96399
Jamiyat
93946
Jamiyat
77929
Jamiyat
//
Izoh yo‘q