Jamiyat
Migratsiya agentligi Turkiyaning yirik qurilish kompaniyasi loyihalarida jami 124 ta bo‘sh ish o‘rni uchun fuqarolarni ishga taklif etadi. Bu haqda “Xorijda ish” telegram kanalida ma’lum qilindi.
Ish vaqti kuniga 10 soat, haftasiga 6 kunni tashkil qiladi. Shartnoma muddati 1 yil, keyinchalik 2–3 yilgacha uzaytirilishi mumkin, sinov muddati esa 2 oy.
Belgilangan vaqtdan tashqari mehnat uchun alohida qo‘shimcha haq to‘lanadi.
Arizalar 2026-yil 16-oktyabrga qadar qabul qilinadi.
Vakansiyalar quyidagicha taqsimlangan:
Ekskavator operatori (25 nafar) — ₺47 500
G‘altak (katok) operatori (20 nafar) — ₺43 000
Yuklagich (loder) operatori (10 nafar) — ₺47 000
Santexnik (10 nafar) — ₺47 500
Ta’mirlovchi usta / mexanik (5 nafar) — ₺47 500
Avtoelektrik (5 nafar) — ₺48 500
Shina ustasi / vulkanizator (6 nafar) — ₺38 500
Payvandchi (5 nafar) — ₺47 500
Oddiy ishchi (30 nafar) — ₺37 500
Maydon (dala) tarjimoni (turkcha-o‘zbekcha, 8 nafar) — ₺55 000
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
– 18–45 yoshdagi erkaklar;
– Kamida umumiy o‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lishi;
– O‘z sohasida kamida 2 yillik ish tajribasi;
– Kamida o‘rta darajada turk tilini bilish;
– Sog‘lom, mehnatkash va zararli odatlardan (spirtli ichimlik) xoli bo‘lishi.
Ish beruvchi quyidagi xarajatlarni qoplaydi:
– O‘zbekiston – Turkiya yo‘nalishidagi transport (aviachipta) xarajatlari;
– Aeroportdan yetib borish va ish joyidagi mahalliy transport (avtobus);
– Turkiyada ishlash uchun ruxsatnomani rasmiylashtirish xarajatlari;
– Yashash joyi (yotoqxona) va bepul ovqatlanish;
– Tibbiy sug‘urta hamda davlat ijtimoiy sug‘urtasi (SGK);
– Ish jarayonidagi baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash xarajatlari;
– Soliq to‘lovlari.
Jamiyat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
113658
Jamiyat
96471
Jamiyat
94049
Jamiyat
78000
Jamiyat
//
Izoh yo‘q