Jamiyat
O‘zbek bolalar yozuvchisi Sa’dullo Quronov bir oyda o‘z asarlari savdosidan 238 million so‘m daromad oldi. Bu haqda “Qamar” kitoblar do‘koni o‘z ijtimoiy sahifasida xabar berdi.
“Galaktikada bir kun” ilmiy-fantastik trilogiyasi uch qismdan iborat bo‘lib, muallifi asarni 2016-yilda yozishga kirishgan, 2019-yil boshlarida ilk bor nashr etilib, sotuvga chiqqan. Roman shu paytgacha o‘ndan ortiq marta qayta nashr qilingan.
Muallifning aytishicha, dastlab asar keng ko‘lamli targ‘ibotlarsiz, asta-sekin o‘quvchilar mehrini qozongan. Keyinchalik uning ayrim parchalari 5–6-sinf adabiyot darsliklariga kiritilishi, shuningdek, “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovining majburiy o‘qilishi kerak bo‘lgan asarlar ro‘yxatidan joy olishi kitobxonlar doirasini yanada kengaytirgan.
Trilogiyaning yana bir muhim jihati bor: birinchi qismni o‘qigan bolalar voqealar davomini bilish uchun keyingi kitoblarni ham intiqlik bilan kutadi. Shu tariqa asar atrofida o‘ziga xos kitobxonlar auditoriyasi shakllangan.
“Qamar” kitoblar do‘koni tarmog‘i statistikasiga ko‘ra, “Galaktikada bir kun” kitoblari bir oy ichida 7 220 nusxada sotilgan. Muallifning aytishicha, do‘kon vakillari bu ko‘rsatkichni o‘zbek mualliflari asarlari orasidagi rekord natijalardan biri sifatida baholagan. Ilgari bunday yuqori savdo ko‘rsatkichlari, asosan, xorijiy adabiyot namunalari va turk adabiyotidan qilingan tarjimalar hissasiga to‘g‘ri kelar edi. Mazkur natija o‘zbek tilidagi bolalar kitobiga talab mavjudligini ko‘rsatadi.
Jamiyat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
113658
Jamiyat
96471
Jamiyat
94049
Jamiyat
78000
Jamiyat
//
Izoh yo‘q