Shavkat Mirziyoyev robototexnika boʻyicha jahon chempionlarini mukofotladi

Saqlash
16:40 / 13.10.2026 617 0

Janubiy Koreyaning Inchon shahrida dunyoning 200 ga yaqin davlati vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan nufuzli xalqaro robototexnika musobaqasida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi jahon chempionligini qo‘lga kiritgani haqda xabar bergan edik.

 

O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritib, mutlaq chempionlikka erishdi. Yosh muhandislar 16 ta o‘yinning barchasida g‘alaba qozonib, 637 ball bilan musobaqa rekordini qayd etdi.

 

13-oktyabr kuni “Robototexnika bo‘yicha xalqaro musobaqa g‘oliblari va ularning murabbiylarini mukofotlash to‘g‘risida”gi prezident farmoni e’lon qilindi. Davlat rahbari xalqaro robototexnika musobaqasida dunyoning 190 ga yaqin mamlakatidan kelgan iqtidorli yoshlar o‘rtasida rekord natijaga erishgan yoshlarni mukofotladi.

 

“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan

  • Bo‘taxonov Ziyodulla Zoyirjon o‘g‘li — Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiysi.

  •  

“Kelajak bunyodkori” medali bilan

  • Salomov Ibroxim Uktamovich — Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi sardori;

  • Abdujabborov Abdullox Abdug‘ofur o‘g‘li — Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi texnik murabbiysi;

  • Akbarov Shoxruxbek A’zamjon o‘g‘li — Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi;

  • Kosimov Akbarshox Anvar o‘g‘li — Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi;

  • Miraxmedov Ayubxon Anvar o‘g‘li — Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi;

  • Pardayev Umarbek Sherzod o‘g‘li — Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi;

  • Sodiqov Shukrullo Sherali o‘g‘li — Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi;

  • Teshabayev Maxkambek — Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi;

  • Teshabayeva Safina — Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi menejeri;

  • Tojiqo‘ziyev Jasurbek Rustamjon o‘g‘li — Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi;

  • Urmanov Baxodir Doniyorovich — Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi;

  • Urmanov Xondamir Doniyorovich — Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi;

  • Yusupxo‘jayev Hasanxon Alisher o‘g‘li — Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi menejeri.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//