Jamiyat
Toshkentdagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasining 6 kilometrli qismida avtobuslar uchun ajratilgan “A” yo‘laklarda harakatni nazorat qiluvchi kameralar o‘rnatildi. Qayd etilishicha, bu chora jamoat transportiga ustuvorlik berish va ajratilgan yo‘laklardan foydalanish qoidalariga rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan.
Poytaxtning boshqa ko‘chalaridagi avtobus yo‘laklarida ham nazorat kameralari bosqichma-bosqich ishga tushirilmoqda. Shu bilan birga, yangi BRT yo‘laklari barpo etilib, jamoat transporti uchun ajratilgan yo‘laklar tarmog‘i kengaytirilmoqda.
Xabarda avtobus yo‘lagini band qilish o‘nlab yo‘lovchilarning kechikishiga sabab bo‘lishi ta’kidlangan. Bitta avtobusda bir vaqtning o‘zida 50 nafardan ortiq yo‘lovchi bo‘lishi mumkin. Avtomobil uning harakatiga to‘sqinlik qilsa, ishga, o‘qishga yoki boshqa manzilga ketayotgan yo‘lovchilar vaqt yo‘qotadi.
Ajratilgan yo‘laklar avtobuslarning ortiqcha kechikishlarsiz harakatlanishi va qatnov jadvaliga rioya qilishini ta’minlash uchun mo‘ljallangan.
Soat 06:00 dan 23:00 gacha “A” yo‘laklarda harakatlanish huquqiga ega bo‘lmagan transport vositalarining ushbu yo‘laklarda yurishi taqiqlanadi. Haydovchilardan yo‘l belgilari va chiziqlari talablariga rioya qilish, taqiqlangan vaqtlarda avtobus yo‘laklarini band qilmaslik so‘ralgan.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
113659
Jamiyat
96472
Jamiyat
94049
Jamiyat
78001
Jamiyat
//
Izoh yo‘q