Ilm-fan
Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha 2026-yilgi Nobel mukofoti amerikalik iqtisodchilar Robert Xoll va Maykl Vudfordga berildi.
Mukofot puli 11 mln shved kronasi (1,15 mln dollardan ortiq) bo‘lib, har ikki olim bu summani 2 ga bo‘lib oladi (taxminan 578 ming dollardan).
Olimlar iqtisodiy tebranishlarni (inqirozlar va o‘sish davrlarini) tartibga solish siyosati uchun yangi nazariy poydevor yaratgani sababli taqdirlanishgan.
Iqtisodiyotda pasayish va yuksalish davrlari almashinib turadi. Bir paytlar ko‘pchilik “Barqarorlashtirish siyosati foyda emas, ziyon keltiradi, undan voz kechish kerakdir?” degan savolni o‘rtaga tashlagan.
Robert Xoll va Maykl Vudford nima qilishdi? Ular inflyatsiya, ishlab chiqarish va iste’mol kabi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi statistik bog‘liqliklarga tayanish o‘rniga mikroiqtisodiy tamoyillarga asoslangan yondashuvlarni ishlab chiqqan. Shuningdek, alohida uy xo‘jaliklari va korxonalarning kelajakni hisobga olib qabul qiladigan qarorlari yig‘indisi butun iqtisodiyotga qanday ta’sir qilishini ko‘rsatib bergan.
Ma’lumot uchun, Robert Xoll Hoover institutida 1978-yildan beri ishlab keladi. U 2025-yilda nafaqaga chiqishni rejalashtirgan edi.
Olimning ishlari iste’mol, soliq va kapital, bozor kuchi, mehnat bozoridagi tebranishlar hamda mamlakatlar o‘rtasidagi unumdorlik farqlarini qamrab oladi.
Maykl Vudford esa Kolumbiya universitetida siyosiy iqtisod professori hisoblanadi. U bakalavr darajasini Chikago universitetida, yuridik darajani Yel yuridik maktabida, doktorlik darajasini MITda olgan.
Vudfordning eng muhim asari pul-kredit siyosati nazariyasi poydevoriga bag‘ishlangan “Interest and Prices” kitobidir.
Eslatib o‘tish lozim, Iqtisodiyot bo‘yicha mukofot Alfred Nobelning vasiyatiga kirmagan. Uni 1968-yilda Shvetsiya markaziy banki ta’sis etgan va o‘sha sanadan boshlab ushbu mukofot ham Nobel xotirasiga bag‘ishlab beriladi.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
113659
Jamiyat
96472
Jamiyat
94049
Jamiyat
78001
Jamiyat
//
Izoh yo‘q