Jamiyat
Davlat idoralari yoki banklarda bizdan JSHSHIR (Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami) so‘rashsa, pasportimizdagi 14 ta raqamni ko‘rsatamiz. Lekin ko‘pchiligimiz bu raqamlar aynan nimani anglatishini bilmaymiz. Tasavvurimizda: bu shunchaki kompyuter tanlab beradigan sonlar qatori, xolos.
Aslida bu oddiy raqamlar ketma-ketligi emas. JSHSHIR fuqaroning takrorlanmas va o‘zgarmas raqamli shifridir.
Masalan:
▪️ 1-raqam – jins va tug‘ilgan asr indeksi;
▪️ Keyingi 6 ta raqam – tug‘ilgan kun, oy va yil;
▪️ Undan keyingi 3 ta raqam – tug‘ilgan hudud (shahar yoki tuman kodi);
▪️ Navbatdagi 3 ta raqam – tizimdagi tartib raqami;
▪️ Oxirgi 1 ta raqam – barcha ma’lumotlar to‘g‘riligini tasdiqlovchi maxsus nazorat kodi.
Ta’kidlash kerak, JSHSHIR noyob va takrorlanmas bo‘lgani uchun uni qalbakilashtirib yoki o‘zgartirib bo‘lmaydi. Shu sababli u barcha davlat, bank hamda ijtimoiy xizmatlardan (jumladan, my.gov.uz portali orqali) xavfsiz va tez foydalanishingizda yagona kalit vazifasini o‘taydi.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
113659
Jamiyat
96472
Jamiyat
94049
Jamiyat
78000
Jamiyat
//
Izoh yo‘q