Jamiyat
O‘zgidromet 16-oktyabrgacha bo‘lgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, bugun O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Havo harorati asosan +18– +21, shimolda va janubda +23– +26 darajada bo‘ladi.
Ertaga, 13-oktyabr kuni yomg‘ir yog‘ishi Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida, shuningdek, kechasi va ertalab Farg‘ona vodiysi viloyatlarida saqlanib turadi.
14–16-oktyabrda respublikaning bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Kunduzgi harorat +22– +25 daraja, janubda +27– +30 daraja bo‘ladi. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 12-13-oktyabrda kuchli bo‘lishi mumkin. Baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi.
12-oktyabr kunlari tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkent shahrida bugun kunduzi vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Harorat +19– +21 darajada bo‘ladi.
+13– +16-oktyabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari +12– +15 daraja, kunduz kunlari +22– +25 daraja bo‘ladi.
Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi.
Jamiyat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
113658
Jamiyat
96471
Jamiyat
94049
Jamiyat
78000
Jamiyat
//
Izoh yo‘q