Ichki aviaqatnovlar uchun chipta narxlari 20 foizgacha arzonlashadi

Saqlash
10:45 / 12.10.2026 180 0

Prezident topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Raqobat qo‘mitasi aviatsiya bozorida ichki aviaqatnovlarda yo‘lovchilar uchun mavjud tariflar, narx shakllanishi va xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini o‘rgandi.

 

Ushbu jarayon davomida aviaqatnovlarni amalga oshirish bilan bog‘liq tashish xarajatlarini optimallashtirish imkoniyatlari tahlil qilinib, xarajatlarni maqbullashtirish hisobiga ichki yo‘nalishlarda aviachiptalar narxlarini pasaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

 

Takliflar yuqori instansiyalar tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, Raqobat qo‘mitasi “Uzbekistan Airways” AJ bilan hamkorlikda ichki aviaqatnovlar bo‘yicha tariflarni qayta ko‘rib chiqqan. Yakunda joriy yilning 16-oktyabridan boshlab ichki yo‘nalishlarda aviachiptalar narxlarini o‘rtacha 20 foizgacha arzonlashtirishga erishilgan.

 

Ma’lumot uchun, mazkur chora-tadbirlar:

▪️ aholi uchun aviaqatnovlarni yanada qulay va hamyonbop qilish;

▪️ ichki turizmni rivojlantirish;

▪️ hududlar o‘rtasida harakatlanish imkoniyatlarini kengaytirish;

▪️ xizmat safarlari va shaxsiy tashriflarni rejalashtirishda qo‘shimcha qulaylik yaratish;

▪️ iste’molchilar manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

 

“Raqobat qo‘mitasi aholi manfaatlariga daxldor bozorlarni tahlil qilish va o‘rganish ishlarini izchil davom ettirib, aniqlangan muammolar bo‘yicha amaliy choralar ko‘rishga alohida e’tibor qaratmoqda”, deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//