Iqtisod
Markaziy bank kredit va kafillik to‘lovlari uchun mijozning roziligisiz bank kartasidan pul yechilganda, hisobvaraqlarda eng kam ish haqi miqdorining yarmini saqlab qolish talabini kiritdi. Qaror 2027-yil 10-yanvardan kuchga kiradi.
Markaziy bank boshqaruvi 3030-son nizom bilan bank xizmatlari iste’molchilari bilan munosabatlarda tijorat banklariga qo‘yiladigan minimal talablarga o‘zgartirish kiritdi.
Unga ko‘ra, agar bank va mijoz o‘rtasidagi shartnomada kredit va (yoki) kafillik to‘lovlarini mijozning topshirig‘isiz bank kartalaridan yechib olish nazarda tutilgan bo‘lsa, bank mijozning barcha karta hisobvaraqlarida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining yarmini saqlab qolishi shart.
Ya’ni, bank kredit qarzini avtomatik ravishda yechib olganda, mijozning kartalarida belgilangan miqdorda mablag‘ qolishi kerak.
2026-yil 1-sentabrdan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 1 mln 360 ming so‘m etib belgilangan. Agar bu miqdor yangi talab kuchga kirgunga qadar o‘zgarmasa, bank kredit to‘lovini mijozning topshirig‘isiz yechib olganida uning karta hisobvaraqlarida kamida 680 ming so‘m qolishi kerak bo‘ladi.
Markaziy bank boshqaruvining qarori rasmiy e’lon qilingan kundan uch oy o‘tgach kuchga kiradi. Keltirilgan ma’lumotga ko‘ra, yangi talab 2027-yil 10-yanvardan amal qila boshlaydi.
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
113658
Jamiyat
96471
Jamiyat
94049
Jamiyat
78000
Jamiyat
//
Izoh yo‘q