O‘zbekistonlik qiz xalqaro tanlovda g‘olib bo‘ldi

Saqlash
15:01 / 10.10.2026 875 0

O‘zbekistonlik Amina Mahmudova Turkmanistonda o‘tkazilgan “Tatar qizi — 2026” xalqaro tanlovida g‘olib bo‘ldi.

 

Tanlov finalida Rossiya, Qirg‘iziston, Turkiya, Turkmaniston va O‘zbekistondan kelgan 12 nafar qiz ishtirok etdi. Ular ijodiy chiqishlar, til, an’ana va madaniyat bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish qildi.


Gʻolibga Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov nomidan bosh sovrin — ZEEKR avtomobili topshirildi.

 

Ushbu g‘oliblik millatlararo munosabatlar bo‘yicha O‘zbekiston siyosatining navbatdagi e’tirofidir.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//