Jamiyat
4–5-oktyabr kunlari Rossiya Federatsiyasida navbatdagi “O‘zbekiston madaniyati kunlari” bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirlarning Rossiyada uchinchi marotaba tashkil etilgani O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarning izchil rivojlanib borayotganidan dalolat beradi.
Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Rossiyada tahsil olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar hamda turli sohalarda faoliyat yuritayotgan vatandoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Unda O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Botirjon Asadov ham ishtirok etdi. Shu bilan birga, O‘zbekiston va Rossiya madaniyat vazirlari Ozodbek Nazarbekov va Olga Lyubimova tomonidan Madaniyat masalalari bo‘yicha kichik qo‘mitaning oltinchi yig‘ilishi bayonnomasi imzolandi.
.png)
Madaniyat kunlarining muhim tadbirlaridan biri Moskva shahridagi Davlat Kreml saroyida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Yangi O‘zbekiston shu’lasi” tantanali konserti bo‘ldi.
Konsert dasturida O‘zbekistonning boy musiqiy merosi, milliy san’ati va zamonaviy ijodiy salohiyati namoyish etildi. Unda O‘zbekiston milliy simfonik orkestri, Yunus Rajabiy nomidagi Maqom ansambli, Mukarrama To‘rg‘unboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli, O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti talabalari hamda taniqli san’atkorlar ishtirok etdi.
Shuningdek, O‘zbekiston madaniyati va san’atiga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma tashkil etildi.
.png)
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
113658
Jamiyat
96471
Jamiyat
94049
Jamiyat
78000
Jamiyat
//
Izoh yo‘q