Qo‘ng‘irotboy Sharipov Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori etib tayinlandi

Saqlash
13:33 / 06.10.2026 235 0

Qo‘ng‘irotboy Sharipov Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori etib tayinlandi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar qildi.

 

U 2024-yil 2-fevraldan to mazkur tayinlovga qadar O‘zbekiston oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. Bundan avval ham u ushbu universitet rektori bo‘lib ishlagan.

 

Qo‘ng‘irotboy Sharipov 1963-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanida tug‘ilgan. 2017-yildan Toshkentdagi Turin politexnika universitetiga rektorlik qilgan. 2019-yilda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//