Madaniyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘qon shahridagi Xudoyorxon o‘rdasi hovlisida ko‘ngilochar tadbir o‘tkazilgani aks etgan videolar tarqaldi.
Mazkur holat bo‘yicha o‘rganish ishlarini olib borilgan Madaniy meros agentligining ma’lum qilishicha, tadbir 3-oktyabr kuni Qo‘qon shahrida joylashgan Xudoyorxon o‘rdasi hududida bo‘lib o‘tgan.
Unda “A.klub” nomi ostida bir guruh ayollar ishtirokida “Chopon pati” o‘tkazilgan. ushbu tadbir “Qo‘qon” davlat muzey-qo‘riqxonasi rahbariyati tomonidan agentlik bilan belgilangan tartibda kelishilmagan holda tashkil etilgan.
Madaniy meros agentligining 2024-yilda qabul qilingan tegishli buyrug‘i talablariga muvofiq, davlat muzeylari va muzey-qo‘riqxonalarida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan madaniy-ma’rifiy, ommaviy va boshqa tadbirlar belgilangan tartibda agentlik bilan kelishilishi lozimligi belgilab qo‘yilgan.
Bundan tashqari, davlat muzey-qo‘riqxonasi hududi madaniy meros obyekti sifatida alohida muhofaza qilinishi lozim. Shu sababli bu hududda har qanday tadbirni tashkil etishda obyektning madaniy ahamiyati, uning tarixiy qiyofasini asrash, muhofaza qilish va foydalanish talablariga qat’iy rioya etilishi shart.
Xabarga ko‘ra, yuqoridagi holat yuzasidan “Qo‘qon” davlat muzey-qo‘riqxonasi direktori M. Mavlonqulovga madaniy meros obyektlarining saqlanishi, ulardan belgilangan tartibda foydalanilishi hamda qonunchilik talablariga rioya etilishi borasidagi xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmaganligi sababli Mehnat kodeksining 312-moddasiga asosan hayfsan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.
“Madaniy meros agentligi tomonidan ushbu holat yuzasidan tegishli choralar ko‘rilib, kelgusida madaniy meros obyektlari va muzey-qo‘riqxonalar hududida tadbirlarni belgilangan tartib va talablarga muvofiq tashkil etish bo‘yicha nazorat choralari kuchaytiriladi”, deyiladi xabarda.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
113658
Jamiyat
96471
Jamiyat
94049
Jamiyat
78000
Jamiyat
//
Izoh yo‘q