Ish staji kam pensionerlar soni nega ko‘payayotganiga izoh berildi

Saqlash
17:42 / 05.10.2026 202 0

Qonunchilikka ko‘ra, to‘liq pensiya tayinlanishi uchun:

▪️ erkaklarga — 25 yil;

▪️ ayollarga — 20 yil ish staji talab etiladi.

 

Agar fuqaroning ish staji belgilangan minimal staj talabiga yetmasa, unga mavjud stajiga mutanosib ravishda to‘liq bo‘lmagan ish staji bilan pensiya tayinlanadi.

 

Demak, norasmiy mehnat va ijtimoiy soliq to‘lamaslik pensiyaga bevosita salbiy ta’sir ko‘rsatar ekan.

 

Raqamlarga e’tibor bering:

▪️ 2010-yilda yangi tayinlangan pensiyalar orasida to‘liq ish stajiga ega bo‘lmaganlar ulushi 6 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2025-yilda bu ko‘rsatkich 61 foizga yetgan;

 

▪️ bugun har 3 nafar yangi pensionerning 2 nafari to‘liq ish stajisiz pensiyaga chiqmoqda;

 

▪️ umumiy pensionerlar tarkibida bunday fuqarolar ulushi 2010-yildagi 3 foizdan 2025-yilda 39 foizga ko‘tarilgan;

 

▪️ pensionerlarning 47 foizi 820 ming so‘mdan 1 million so‘mgacha miqdorda pensiya oladi.

 

Mazkur holatning asosiy sabablari:

▪️ norasmiy ishlash;

▪️ ish haqini “konvertda” olish;

▪️ ijtimoiy soliq to‘lanmasligi;

▪️ mehnat faoliyatini tasdiqlovchi hujjatlarning arxivga topshirilmasligi;

▪️ ayrim davrlarda fuqarolarning rasmiy ish bilan qamrab olinmagani bo‘lib qolmoqda.

 

Ta’kidlanishicha, pensiya miqdori rasmiy ish staji, ish haqi hamda to‘langan ijtimoiy soliqqa bog‘liq. Shuning uchun norasmiy bandlik faqat bugungi daromad masalasi emas, u ertangi pensiya miqdoriga ham ta’sir qiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//