Ilm-fan
Har yili jonzotlar tufayli 1,5 million odam halok bo‘ladi. Shundan deyarli 1 millioni turli hayvonlar, qolgan 0,5 milliondan ko‘pi esa inson hissasiga to‘g‘ri keladi.
Hayvonlar sabab bo‘ladigan o‘limlarning deyarli barchasiga chivinlar va ilonlar aybdor.
Chivinlar
Masalan, chivinlar ming yillar davomida insoniyat uchun eng katta xavflardan biri bo‘lgan. Hozir ham yiliga taxminan 760 ming odamning umriga zomin bo‘ladi. Bu o‘limlarning 80 foizdan ortig‘i bezgak (malyariya) tufayli bo‘lib, uni Anopheles (anofeles) chivini tarqatadi.
Ma’lumot uchun, bezgak har yili yarim millionga yaqin bolani hayotdan olib ketadi.
Shuningdek, yana 100 ming kishi chivinlar orqali yuqadigan boshqa kasalliklardan vafot etadi.
Qayg‘uli tomoni yana shundaki, “chivinlar butun insoniyat tarixida yashagan odamlarning yarmini o‘ldirgan” degan taxminlar bor. Aniq raqam noma’lum, ammo maqola mualliflarining fikricha, bu da’vo ehtimol noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Shunday bo‘lsa-da, chivinlar yuqumli kasalliklar orqali juda ko‘p odamni o‘ldirgani inkor etib bo‘lmaydigan haqiqat.
Ilonlar
Eng ko‘p uchraydigan fobiyalardan biri ilondan qo‘rqishdir va buning sababini tushunsa bo‘ladi. Chunki ilonlar o‘limga sabab bo‘luvchi hayvonlar qatorida ikkinchi o‘rinda turadi.
Izlanuvchilarning ta’kidlashicha, zaharli ilonlardan o‘lganlar soni hayratlanarli darajada noaniq, boisi bunday o‘limlarning ko‘pi qishloq joylarda sodir bo‘ladi va u yerda o‘lim qaydlari ko‘pincha yomon yuritiladi. Ammo umumiy raqam taxminan yiliga 100 ming nafar bo‘lishi ehtimoli katta. Demak, ilonlar ro‘yxatda o‘zidan pastdagi barcha hayvonlarni qo‘shib hisoblaganda ham ulardan ko‘proq odam o‘ldiradi (qolgan barcha hayvonlar jami bo‘lib yiliga taxminan 81 mingta o‘limga olib keladi).
Itlar
Ilonlardan keyin itlar turadi. Ushbu jonzotni garchi inson sevib, xonakilashtirgan bo‘lsa-da, hamon uning xavfsiz ekaniga kafolat yo‘q. Sababi, itlar tufayli yuz beradigan o‘limlarning katta qismi to‘g‘ridan-to‘g‘ri jarohatdan emas, quturish kasalligidan kelib chiqadi.
Hayvonlarning yiliga qancha inson o‘limiga sabab bo‘lishini quyidagi jadval orqali bilib olishingiz mumkin:

Odamlar
Endi e’tiboringizni insonlarga qaratishingizni so‘raymiz. Diagrammada odamlarning o‘zi ham har yili 600 mingdan ortiq insonning o‘limiga sabab bo‘lishi ko‘rsatilgan. Ma’lumotda faqatgina zo‘ravonlik va nizolar natijasida yuz beradigan o‘limlar keltirilgan. O‘z joniga qasd qilish va avtohalokatlar hisobga olinmagan. Garchi avtohalokatlar ba’zi hollarda “odam beparvoligi tufayli boshqa odamni o‘ldirish” deb talqin qilinsa-da, lekin mualliflar buni ma’lumotga kiritmagan.
Diagrammadagi raqamlar 3 toifadagi “qotilliklar”ga asoslangan:
▪️ zo‘ravonlik – 435 675 ta;
▪️ ziddiyat va terrorizm – 159 052;
▪️ politsiya bilan nizo va qatl – 8 889.
Jami son – 603 615 ta.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
113659
Jamiyat
96472
Jamiyat
94049
Jamiyat
78001
Jamiyat
//
Izoh yo‘q