Fiziologiya yoki tibbiyot boʻyicha Nobel mukofotining 2026-yilgi sovrindorlari aniqlandi

Saqlash
15:43 / 05.10.2026 444 0

Karolinska institutidagi Nobel assambleyasi 2026-yilgi Fiziologiya yoki tibbiyot boʻyicha Nobel mukofotini Karl Deysserot, Piter Xegemann va Georg Nagelga yorugʻlik bilan bogʻlangan ion kanallari va optogenetikaga oid kashfiyotlari uchun taqdim etdi.

 

 

Xegemann va Nagel Chlamydomonas nomli suv oʻtining yorugʻlik tomon harakatlana olishini, uning hujayrasida esa kanalrodopsin deb ataluvchi yorugʻlikka sezgir oqsilni aniqlagan. Koʻk yorugʻlik tushganda, bu oqsilda kanal ochiladi va zaryadlangan ionlar hujayra ichiga kiradi. Natijada elektr signali hosil boʻladi. Olimlar bu oqsilni boshqa hujayralarga ham oʻtkazganda, ular ham yorugʻlikka sezgir boʻlib qolgan.

 

Deysserot va boshqa olimlar bu mexanizmdan foydalanib, neyronlarni yorugʻlik yordamida aniq yoqish yoki oʻchirish usulini rivojlantirdi. Nerv signallarining yorugʻlik bilan boshqarish texnikasi optogenetika deb atalib, u orqali olimlar miyadagi muayyan neyronlar va neyron tarmoqlarining xotira, his-tuygʻu va xulq-atvordagi rolini oʻrganmoqda.

 

Bu kashfiyot olimlarga tirik miyadagi alohida nerv hujayralarini yorugʻlik yordamida boshqarish imkonini berdi.

 

2025-yilgi Nobel mukofoti sovrindorlari 6-oktyabrdan boshlab eʼlon qilina boshlagan edi. Mazkur yoʻnalishda Meri Brunkov, Fred Ramsdell va Shimon Sakaguchi periferik immunologik tolerantlikdagi kashfiyoti uchun taqdirlangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//