Sport
5−6-oktyabr kunlari Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanidagi “Qorabayir” ot sporti majmuasida Sohibqiron Amir Temur xotirasiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston otlari” ot sporti musobaqalari bo‘lib o‘tadi.
Ishtirokchilar an’anaviy milliy ot o‘yinlari, uloq-ko‘pkari va olomon uloq poygalarini tomosha qilishi, shuningdek, o‘zbek ot zotlaridan biri bo‘lgan qorabayir otlari bilan tanishishi mumkin.
Tadbir doirasida, shuningdek,
“O‘zbekiston otlari” ko‘rgazmasi – noyob va nasldor qorabayir otlari namoyishi; madaniy meros, hunarmandchilik va an’analar ko‘rgazmasi;
“Amir Temur vataniga sayohat” turistik yo‘nalishi taqdimoti;
Yakkabog‘ tumanining tarixiy va tabiiy diqqatga sazovor joylariga tashrif tashkil etiladi.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
113588
Jamiyat
96376
Jamiyat
93912
Jamiyat
77895
Jamiyat
//
Izoh yo‘q