Jamiyat
3-oktyabr kuni Oʻzbekistonning shimoliy hududlariga, 4–5-oktyabr kunlari esa respublikaning qolgan hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib keladi. Oʻzgidromet mamlakat boʻylab ob-havo keskin oʻzgarishidan ogohlantirdi.
3–4-oktyabr kunlari shimoliy va choʻl hududlarida, 4–5-oktyabrda esa respublikaning qolgan qismida yomgʻir yogʻadi. Ayrim joylarda yogʻingarchilik kuchli boʻlishi, baland togʻlarda esa qorga aylanishi kutilmoqda.
Havo harorati asta-sekin pasayib, kunduz kunlari 15–20 daraja, kechalari 5–10 daraja iliq boʻladi. Shimoliy hududlarda harorat kunduzi 12–17 daraja, kechasi esa 2–7 daraja iliqqacha tushadi.
3–4-oktyabr kunlari ayrim joylarda shamol tezligi 13–18 metr/sekundgacha, baʼzan chang-toʻzonlar bilan 20–22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Shuningdek, 5–6-oktyabr kunlari respublikaning ayrim hududlarida tuman tushishi kutilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
113607
Jamiyat
96399
Jamiyat
93946
Jamiyat
77929
Jamiyat
//
Izoh yo‘q