2027-yildan ishlaydigan onalarning farzandlari uchun bog‘cha to‘lovlarini davlat qoplaydi

Saqlash
13:10 / 01.10.2026 304 0

O‘zbekistonda 2-3 yoshli farzandini oilaviy bog‘chaga bergan ishli onalarning badal pulini byudjet hisobidan qoplash yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ustoz va murabbiylar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

 

“Ayollar ishli bo‘lsa, oilaga qo‘shimcha daromad kiradi, bolalarning bilim olishiga ko‘proq sharoit yaratiladi”, dedi prezident.

 

Shu bois, 2027-yil yil 1-yanvardan 2-3 yoshli farzandini oilaviy bog‘chaga bergan ishli onalarning badal puli byudjet hisobidan qoplanadi.

 

Bog‘cha tarbiyachilariga ishlab turib oliy ma’lumot olish imkoni yaratilgan. Joriy yil ularning 7 ming nafari oliygohga kirdi: haftada besh kun ishlab, bir kun o‘qimoqda. Kelasi o‘quv yilidan tarbiyachilar uchun pedagogika oliygohlaridagi o‘qish muddati to‘rt yildan uch yilga qisqaradi.

 

Bog‘chada kamida besh yil ishlagan tarbiyachi yordamchilari ham bu imkoniyatdan foydalanishi mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//