O‘zbekistonda o‘qituvchilar eng ko‘p qaysi hududda faoliyat yuritmoqda?

Saqlash
11:43 / 01.10.2026 304 0

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlaridagi o‘qituvchilar soni 2024-2025-o‘quv yiliga nisbatan 12,8 ming nafarga yoki 2,3 foizga oshgan. Hisob-kitobga o‘rindoshlik asosida ishlaydigan o‘qituvchilar kiritilmagan.

 

O‘qituvchilarning 418,8 ming nafari ayollar, 158,9 ming nafari erkaklardir. Ularning jami o‘qituvchilar sonidagi ulushi mos ravishda 72,5 va 27,5 foizni tashkil etgan.

 

Hududlar orasida Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari yetakchi - har ikkisida 65,1 ming nafardan o‘qituvchi ishlagan. Keyingi o‘rinda 60,6 ming nafar o‘qituvchi bilan Farg‘ona viloyati qayd etilgan.

 

Hududlar kesimida o‘qituvchilar soni:

 

Samarqand viloyati - 65,1 ming nafar;

Qashqadaryo viloyati - 65,1 ming nafar;

Farg‘ona viloyati - 60,6 ming nafar;

Surxondaryo viloyati - 52,3 ming nafar;

Andijon viloyati - 46,3 ming nafar;

Namangan viloyati - 42,6 ming nafar;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 40,7 ming nafar;

Toshkent viloyati - 40,2 ming nafar;

Xorazm viloyati - 35,1 ming nafar;

Toshkent shahri - 34,1 ming nafar;

Buxoro viloyati - 33,4 ming nafar;

Jizzax viloyati - 25,7 ming nafar;

Navoiy viloyati - 22,3 ming nafar;

Sirdaryo viloyati - 14,2 ming nafar.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//