Jamiyat
Endi ayrim asoslar bo‘yicha mehnat shartnomasi bekor qilingan xodimlarga muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlash tartibi belgilandi. Bu haqda hukumatning qarori bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentda keltirilgan.
Hujjatga ko‘ra, mehnat shartnomasi alohida asoslar bo‘yicha bekor qilingan 58–60 yoshdagi, umumiy mehnat staji kamida 25 yil bo‘lgan erkaklar hamda 53–55 yoshdagi, umumiy mehnat staji kamida 20 yil bo‘lgan ayollar muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlash uchun murojaat qilishi mumkin.
Qayd etilishicha, buning uchun fuqaro Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali tegishli so‘rov yuboradi. Arizaga mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqidagi buyruq nusxasi ilova qilinadi. Mehnat staji to‘liq raqamlashtirilmagan bo‘lsa, mehnat daftarchasi nusxasi ham taqdim etiladi.
Mahalliy mehnat organi taqdim etilgan hujjatlarni ikki ish kuni ichida tekshiradi. Shundan so‘ng ariza beruvchi ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatga olinadi va unga uch oy davomida maqbul ish topish choralari ko‘riladi.
Agar uch oy ichida maqbul ish topilmasa, fuqaro ishsiz deb e’tirof etiladi va muddatidan oldin pensiya tayinlash uchun tegishli taqdimnoma Pensiya jamg‘armasiga yuboriladi. Pensiya tayinlanganidan keyin ishsizlik nafaqasini to‘lash keyingi oydan to‘xtatiladi. Qarorga ko‘ra, bunday davlat xizmatlari uchun to‘lov undirilmaydi.
Shuningdek, mehnat shartnomasi alohida asoslar bo‘yicha bekor qilingan shaxslar bo‘shatilgan ish joyidan uchinchi oy uchun ham o‘rtacha oylik ish haqini olishlari mumkin. Buning uchun mehnat shartnomasi bekor qilingan kundan keyin 30 kalendar kun ichida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish lozim. Mazkur muddat o‘tganidan keyin berilgan murojaat ko‘rib chiqilmaydi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jahon
Jamiyat
113636
Jamiyat
96443
Jamiyat
94009
Jamiyat
77969
Jamiyat
//
Izoh yo‘q